Get Mystery Box with random crypto!

​​#kitobxon_fikri Adam Uskuza Jannatga taklifnoma | iBooK.uz

​​#kitobxon_fikri

Adam Uskuza
Jannatga taklifnoma


Ushbu kitobda hidoyat topgan kishilarning hikoyalari keltirilgan. Kichkina bo'lsada qalbimizga chuqur o'rnashgan 18 ta mana shunday hikoya keltirilgan. Ularni o'qib, biz iymonimizni mustahkamlashimiz, yaqinlarimizning hidoyatga sababchi bo'lishimiz va ko'plab hayotiy saboqlarni olishimiz mumkin.

Ushbu kitobni o'qir ekanman, juda ta'sirlandim. Meni ta'sirlantirgan narsa , oldin boshqa din vakillari islom dinini qabul qilgani bo'ldi. Avvaliga hech qanday dinga ishonmaganlar yoki o'z dinaga bo'lgan shubhalar tufayli insonlar keyinchalik hidoyat topib, Islom diniga qiziqishlari ortib bordi, izlanishishga tushdilar. Mana shu jihatlar kitobni yanada miqdorligini oshirib bergan. Shu kitobda berilgan 18ta hikoya qahramonlari o'z savollariga javobini Islom dinining muqaddas kitobi hisoblangan "Qur'oni Karim" kitobidan topishdi. "Qur'oni Karim"ga shu darajada muhabbat qoʻyishgadiki, doimo oldida ko'tarib yusrishgan, oylab ko'chaga chiqmasdan, o'qib chiqishgan, hattoki kechalari ham mahkam quchoqlab yotishgan.

Boshqa din vakillari Islomni qabul qilib, ishtiyoq bilan o'rganayotgan paytda biz musulmon bo'la turib hattoki bir kunda 5 mahal namozni ham o'qiy olmaymiz. Yana musulmonmiz deya aytolamiz...
Men shuni tushunib yetdimki, Doimo Alloga shukr qilib, Islom dini haq din ekanini, Islom insoniyatni saodatga yetaklovchi sari yoʻl ekani tushundim.

Ко Ын Бёль

Telegram | Instagram | Facebook | TikTok