Get Mystery Box with random crypto!

Aziz kitobxonlar, musulmon doʻstlar! Ramazoni sharifni sabr-to | iBooK.uz

Aziz kitobxonlar, musulmon doʻstlar! Ramazoni sharifni sabr-toqat va goʻzal amallar ila yakunlab, hayit bayramiga yetganingiz bilan barchangizni muborakbod etamiz. Keyingi Ramazongacha sogʻ-omon boʻlish barchamizga nasib etsin!

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida aholining musulmon qismi boʻlgan ansorlarning har yili ikki kunda sayil qilishlariga guvoh boʻldilar va: «Bu qanday kunlar?», deb soʻradilar. Ansorlar: «Biz johiliyat zamonida bu kunlari shodiyonalar qilar edik», deb javob berishgach, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Alloh bu kunlaringizni bulardan koʻra yaxshiroq kunlar: Roʻza va Qurbon hayitlariga almashtirdi», dedilar (Abu Dovud: 1134).

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bayramlarning dinlar anʼanasi ekanini bayon qilib shunday dedilar: «Har bir xalqning bayrami bor va bu — bizning bayramimizdir» (Imom Buxoriy: 909; Imom Muslim: 892).

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook