Get Mystery Box with random crypto!

Tarixga nazar soladigan boʻlsak, davlatlar ravnaqi, maorif riv | iBooK.uz

Tarixga nazar soladigan boʻlsak, davlatlar ravnaqi, maorif rivoji yoʻlida davlat vakillaridan tashqari, mustaqil investorlar, xalqona aytganda, mahalliy boylarning roli katta boʻladi. Buyuk maʼrifatparvar jadidlar — Fayzullo Xoʻjayev va Xoʻjayevlar avlodi, Mirkomilboy, Akmal Ikromov kabilarning talabalar taʼlimida koʻrsatgan xizmatlari hanuz chuqur ehtirom bilan eslanadi.

Bugun uzoq yillardan keyin kitobxonlik endi-endi xalq orasida keng yoyilayotgan davrda @iBook_uz investorlarni hamkorlikka chorlaydi. Loyiha doirasida yangi "Tirilish" nashriyotiga asos solindi. Bilimli jamoa toʻplanib, qator qimmatli kitoblar va loyihalar ustida ishlanmoqda. Bunda investorlarning ham ishtiroki taʼminlansa, nur ustiga aʼlo nurdir.

Oʻzbek tilida taqdim etiladigan kitoblar soni va sifatini oshirishda hissa qoʻshish uchun investorlarni taklif etamiz. Bu ularning oʻzlari uchun ham, biz uchun ham, va, asosiysi, xalqimiz uchun faqatgina foyda keltiradi.

Murojaat uchun: @iBook_hamkorlik

Telegram | Instagram | Tik-tok | Facebook