Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, azizlar! Salomatmisizlar? Bormisizlar? Ko'r | Ibnul Hanafiy

Assalomu alaykum, azizlar!

Salomatmisizlar? Bormisizlar? Ko'rinmaysizlaram?!

;)

Bu sahifaga deyarli hech narza yozmay qo'ydim.

Sababi, uylanganimdan so'ng (unga ham 8 oy bo'libdi) telegram sahifalarni yuritishga imkon topa olmadim, qaysidir ma'noda dam oldim desam ham bo'ladi))

Ilgari bir vaqtning o'zida
• kitob mutolaa qilishga
• telegram sahifa yuritishga
• onlayn kitob savdosini yuritishga
• turli tanlovlar uyushtirib, o'tkazishga
• va yana turli ishlarni qilishga harakat qilardim, ishtiyoqim bo'lardi.

Hozir qaysidir ma'noda susayib, yuqoridagilardan barchasini to'xtatgandim.

Faqatgina onlayn kitob do'konni sal-pal yuritganday bo'lib turdim va hozirda unga ham nihoya yasamoqdaman. (Juda ham oz kitob qolgan, optom narxida sotib yubormoqdamiz, xarid qilib qolsangiz bo'ladi: @bushro_books)

Hozirda onlayn Arab tili kursi tashkil qilib, ana shuning harakatidaman.
Keyinchalik yana boshqa loyihalar ham tashkil qilib, bu yoki boshqa biror sahifani rivojlantirarman, inshaalloh!

Allohga hamdlar bo'lsin, kuni kecha institutimizni ham bitirib oldik. Endi yangi bosqichga o'tib, yangi rejalar ostonasida turibman.

Duolaringizda eslab turing, qadrdonlarim!