Get Mystery Box with random crypto!

Qamoqxonalar dindor kishilar bilan to’lib, avomning hafsalasi | 🍃 𝐻𝓊𝓏𝓊𝓇 𝓈𝑜𝒽𝒾𝓁𝒾 🍃

Qamoqxonalar dindor kishilar bilan to’lib, avomning hafsalasi sovib diniy g’ayrtalaridan ajrab bo’lgan edilar. Farg’ona va Samarqand tomonlarda bir-bir qo’zg’olon bo’layotgani eshitilib turardi, lekin Buxoro go’yo Temurning uyidan g’ayrat va hamiyat tobuti chiqib ketgandek edi… ( )
Hayol ummoniga g’arq bo’ldim.
Oxiri Mog’ak masjidiga borib yashirindim… Subhidamda muazzin hamda ikki nafar kishi bilan bomdodni ado qildik.

Aytishlaricha kechasi shaharda qiyomat qoim bo’libdi. Kommunistlar kunduzi yana ikkinchi bor miting qilib, Islomni qattiq tahqirlaganlar, hatto Alloh va uning Rosulini ham behurmat qilganlar, bunga chiday olmagan bir necha navqiron yigit qonlari qaynab ularga tashlangan va ularning boshliqlaridan uch-to’rt kishini o’ldirganlar.

Shu sababli vaxshiy qizil askarlar yirtqich hayvon kabi qatliomni boshlashgan. Odamlarni uydan sudrab chiqib o’q yog’dirishgan. Tongda Buxoro ko’chalari murdalar bilan to’lib ketgan edi… ( )

“Alvido, Vatan!”