Get Mystery Box with random crypto!

Allohim… meni O’zingdan uzoqlashtirma. O’rtamizda to’siq bor. | 🍃 𝐻𝓊𝓏𝓊𝓇 𝓈𝑜𝒽𝒾𝓁𝒾 🍃

Allohim… meni O’zingdan uzoqlashtirma. O’rtamizda to’siq bor. Men o’sha to’siqni buzishga harakat qilyapman, iymonim zaiflik qilayotgan bo’lsada, senga yaqinlashishga harakat qilyapman. Ammo ko’ryapsan, ojizman, quvvatsizman… Ha, men ojizman, chorasizman, lekin Sen Allohsan-ku. Senga oson, menga qiyin. Mening ham bo’lmayotganlarimga “Bo’l” degin. Mukammal iymon bergin. O’zing meni shaytondan himoya qilmasang halok bo’laman. Sendan o’zga himoyachim yo’q…

Faqat Sen borsan, Sendan boshqa hamma narsa - Yo’qlik…
Avval ham O’zing, oxir ham O’zing…
Chunki, Sen har bir zarraning Yaratuvchisisan…
Chunki, Sen buyuk azamat sohibisan…
Chunki, sen Allohsan…


@huzursohili