Get Mystery Box with random crypto!

Huzurim | حب 🤍

Telegram kanalining logotibi huzurim — Huzurim | حب 🤍 H
Telegram kanalining logotibi huzurim — Huzurim | حب 🤍
Kanal manzili: @huzurim
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 59.40K
Kanalning ta’rifi

#Huzurim - Halovat istagan qalblar uchun..🫀
Millionlarga, yetkunga qadar...! 🍃
Reklama uchun: @Huzurimreklama

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2024-05-22 19:02:01 #izohsiz

– Yigit: «Ayolim ilmli bo‘lsin», deydi.
Qiz: «Halolim ilmli bo‘lsin», deydi. Lekin hech kim ilm olay demaydi...

– «Dunyo foniy» deydi, biror narsaga erisholmay qolsa, siqilaverib yuragi kasal bo‘ladi...

– «Onamni yaxshi ko‘raman» deydi. Onasi ish buyursa «uff» dan boshlab, «uff»da tugatadi...

– «Vaqtim yo‘q», deydi, 5 daqiqadan keyin qarasa, bekorchilik bilan «shaytonni» xursand qilayotgan bo‘ladi...

– «Falonchini yaxshi ko‘raman» deydi, ammo qachon oxirgi marotaba haqqiga duo qilib, holini so‘raganini eslolmaydi...

– «Xotimam chiroyli bo‘lsin» deydi, ammo tahoratsiz uyquga ketadi...

– "Alloh va Rasulini yaxshi ko‘raman" deydi, ammo farz va sunnatlarga e’tiborsiz yashaydi...

O‘sha deydigan kimlar, bilasizmi? Men, siz va atrofimizdagilar...


@Huzurim |
11.5K views16:02
Ochish/sharhlash
2024-05-20 19:09:02
#Tabassum

Oʻqituvchi Sardorga savol beryapti:
— Ayt-chi, bir xalta tilla va bir xalta aql turibdi. Qay birini olasan?
Sardor:
— Albatta tillani, ustoz!
Oʻqituvchi:
— Men aqlni tanlagan boʻlardim.
Sardor:
— Kimga nima kamlik qilsa, shuni tanlaydi-da ustoz
!


@Huzurim |
5.9K viewsedited  16:09
Ochish/sharhlash
2024-05-20 16:21:48 #tabassum

Odam:
— Koʻz charchab qolyapti baliq-maliq yeb koʻzni ravshanlantiraylik.

Baliq:

— Ey nomard, telefonga kamroq qara. Akula yesang ham foydasi yoʻq, kun boʻyi telefoningga tikilib yotsang..


@Huzurim |
6.7K views13:21
Ochish/sharhlash
2024-05-20 16:06:38
#Tabassum

Bir yaxshiga bir yomon,
Men yaxshiga sen borsan Soliham..)

@Huzurim |
5.4K views13:06
Ochish/sharhlash
2024-05-20 06:19:02
Shuncha gunohlarimiz bilan-a?

Nazr ibn Zurora ishonchli roviydan rivoyat qiladi:
“Umar ibn Abdulazizning Solim degan bir qul doʻsti boʻlib, u bilan Alloh uchun doʻst tutingan edilar. Umar ibn Abdulaziz amirlikka tayinlanganlarida doʻstlari Solimni chaqirdilar. Solim kelgach, unga:
— Ey Solim, men najot topmaymanmi deb qoʻrqaman, – dedilar.
Solim:
— Qoʻrqayotgan boʻlsang, yaxshi. Men mana shu narsadan qoʻrqmasligingdan qoʻrqayotgan edim. Alloh bir bandaga bir hovli berib, u yerda qilgan bitta gunohi uchun chiqarib yuborgan edi (Odam alayhissalomning jannatdan chiqarilishi nazarda tutilyapti). Biz esa son-sanoqsiz gunohlarimiz bilan oʻsha hovlida yashamoqchi boʻlyapmiz, – dedi.

“Solihlar gulshani” kitobidan

@Huzurim |
6.1K views03:19
Ochish/sharhlash
2024-05-19 19:03:02
Nega erkaklarga jannatda hurlar va’da qilingan va aniq qilib bayon qilingan, ayollarning mukofoti aytilmagan?

Bir arab hikmati bor:
Ba’zan sukut so‘zdan ko‘ra balandroq va aniqroq yangraydi.

Alloh taolo bu haqida sukut qilib, mukofot yo‘qligini emas, balki uning ta’rifiga so‘z ojizligini bildirmoqda. Ularning ajrlari Robbilari huzuridadir.

No‘mon Ali Xon

@Huzurim |
6.6K views16:03
Ochish/sharhlash
2024-05-19 19:03:02
Undan so‘rashdi:
- Namozingizda qanday qilib tartibga erishdingiz?
U javob berdi:
- Xursandchilik, mahzunlik, kuchlilik, zaiflik yoinki har qanday holatimda Alloh taolodan boshqa birortasi bir kunda men bilan besh mahal uchrashishga rozi bo‘lmasligiga ishonch hosil qildim!


@Huzurim |
5.9K views16:03
Ochish/sharhlash
2024-05-19 15:14:02
#eslatma

Musulmon kishining musulmon kishida 5 ta haqqi bor:
1.Salomga alik qaytarish.
2.Chaqirsa, borish.
3.Janozasida qatnashish.
4.Kasal bo’lsa, borib ko’rish.
5.Aksa urib "Alhamdu lillah" desa, javoban "yarhamukallohu va tashfik"- Allohning rahmati va shifosi senga bo’lsin, deyish.
(Ibn Moja rivoyati)


@Taslimiyaat
5.7K views12:14
Ochish/sharhlash
2024-05-19 07:00:17
#haqiqat

Alloh taologa duo qilamiz-u, lekin ijobat bo‘lmasa, buning sababi shuki, qalbimiz o‘nta
narsa bilan o‘lgan:
- Allohni taniymiz-u haqqini ado etmaymiz
- Alloh kitobini o‘qiymiz-u unga amal qilmaymiz
- Shaytonni dushman, deb da’vo qilamiz-u, lekin uni do‘st tutamiz
- Rasulullohni yaxshi ko‘ramiz, deb da’vo qilamiz-u, ammo ul zotning yo‘llaridan yurmaymiz va
sunnatlarini bajarmaymiz
- Jannatni yaxshi ko‘ramiz-u, biroq unga olib borguvchi amallarni qilmaymiz.
- Jahannamdan qo‘rqamiz-u gunohlardan tiyilmaymiz
- O’lim haq, deb da’voda bo‘lamiz-u, ammo unga tayyorgarlik ko‘rmaymiz
- Birovlarning ayblarini ko‘ramiz-u o‘z ayblarimizni ko‘rmaymiz.
- Alloh bergan rizqni yeymiz-u, lekin shukronasini qilmaymiz
- O’liklaringizni dafn etamiz-u, ammo bundan ibrat olmaymiz

O’lik yer samar bermaganidek, O‘lik qalbdan chiqqan duo ham qanday ijobat boʼlsin..

"Ibrohim Adham" Soʻzlaridan

@Huzurim |
5.6K views04:00
Ochish/sharhlash
2024-05-18 15:14:02
Agar boshingiz og‘risa, isitma va boshqa og‘riqlarda ushbu duoni o‘qing.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam barcha kasalliklarga va isitma chiqqanida:

بِسْمِ اللهِ الكَبِيرِ نَعُوذُ بِاللهِ العَظِيمِ مِنْ شَرِّ عِرْقٍ
نَعَّارٍ وَمِنْ شَرِّ حَرِّ النَّارِ

«Bismillahil kabiyr, na'uzu billahil 'aziym, min sharri 'irqin na''ar, va min sharri harrin nar», deb aytishni o'rgatar edilar.
(Ma'nosi: Buyuk Allohning ismi bilan boshlayman. Ulug' Allohning nomi ila tomirdan shovullab oquvchi qonning yomonidan va do'zax o'tining yomonidan panoh tilayman.)

Ibn Sunniy rivoyatlari.


@Huzurim |
5.4K views12:14
Ochish/sharhlash