Get Mystery Box with random crypto!

Ixlosning turlari: Ruhiy tarbiya mashoyixlarining ta'kidlashl | Huzurim | حب 🤍

Ixlosning turlari:

Ruhiy tarbiya mashoyixlarining ta'kidlashlaricha, ixlosning darajalari uchtadir: avomlarning darajasi, xoslarning darajasi va xoslarning xoslarining darajasi.

1. Avomning ixlosi Haqning muomalasidan xalqni chiqarish,
ya'ni Alloh taologa qilinayotgan ibodatga boshqa hech bir maxluqni aralashtirmaslik, toatni faqatgina U Zotning O'zigagina qilish boʻlib, bunda tan sog'ligi, molu dunyo, rizq kengligi, jannat qasrlari va hurlar kabi dunyoviy va uxroviy nasibalar ham talab qilinadi.

2. Xoslarning ixlosi Haqning muomalasidan xalqni chiqarish bilan birga, dunyoviy nasibalarni qo'yib, faqat uxroviy nasibalarni so'rashdir.

3. Xoslarning xoslarining ixlosi Haqning muomalasidan xalqni va barcha dunyoviy va uxroviy nasibalarni bir yo'la chiqarishdir. Ularning ibodati bandalikni yuzaga chiqarish va Robbning jamoliga musharraf bo'lish uchun U Zotning vazifalarini muhabbat va shavq ila ado etishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, ularning Allohga ibodati faqat Alloh uchun boʻladi.


"Ammalar niyyatga bogʻliqdir kitobidan"

@Huzurim • Sakinat izlagan qalblar uchun.