2022-02-18 21:32:16
#ДОЛЗАРБ
Musiqa va uni eshitish hukmi haqida
"Odamla orasida ilmsiz holatda odamlarni yo‘ldan ozdirish va ustilaridan kulish uchun behuda so‘zlarni (musiqa, kuy) sotib oluvchilar bor. Bundaylarga xor qiluvchi azob tayyorlab qo‘yilgan." (Luqmon surasi, 6-oyat) Ibn Ma‘suddan "behuda so‘z"dan murod nima deb so‘ralganda:
"Ibodatga loyiq yagona zot bo‘lgan Allohga qasamki bu musiqadir!" deya uch bora takrorladilar. (Ibn Abu Shayba 6/130, Al-Hokim 2/411. Imom az-Zaxabi, Ibn Qoyyum va shayx Alboniylar bu tafsirni tasdiq etishgan.
Sahoba va dono tafsirchi ibn Abbos shunday deydi: "Bu oyat musiqa va unga bog‘liq narsalar haqida nozil bo‘lgan" (Imom Buxoriy, "Al-adab al-mufrad" 786, Ibn Abu Shayba 6/310. Ibn Qoyyum va shayx Alboniy bu tafsirni tasdiqlashgan)
Jobir ibn Abdulloh aytadi:
"Bu oyatda so‘z musiqa va uni eshituvchilar haqida yuritilgan" (At-Tabari rivoyati)
Alloh, Iblis alayhi lan'aga muxlat berar ekan unga quyidagicha xitob qildi:
"Qurbing yetguncha o‘z ovozing bilan ularni maftun et..." (Isro, 64-oyat). Imom Mujahid aytadi: "Bu (iblis ovozi) qo‘shiq va musiqa asboblaridir". ("Tafsir al-Bag‘aviy" 3/129)
Shayxul Islom Ibn Taymiyya aytadi:
"To‘rt mazhab imomiga muvofiq barcha musiqa asboblari haromdir. Imom Buxoriy "Saxix"ida va turli boshqa manbalardan ishonchli yo‘l bilan rivoyat qilinishicha, Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi va sallam aytadilar:
"Ummatimda shunday insonlar paydo bo‘ladiki zino, ipak, xamr (mast qiluvchi ichimliklar) va musiqa asboblarini halollab beradi va ular maymun va cho‘chqalarga aylantiriladi". Xatto imomlarga ergashgan insonlar o‘rtasida ham musiqa asboblarining shariyatdagi holati (harom ekani) borasida ixtilof bo‘lmagan." (Majmua al-fatava, 11/576)
Mazhabboshilar bu borada quyidagicha fatvo berishgan:
•Imom Abu Xanifa:
Musiqa eshitish axloqsizlik, undan rohatlanish - iymonsizlikdir
•Imom Shofe'iy:
Musiqa - haddidan oshganlarning roxatidir, u bilan mashg‘ul bo‘luvchi aqli zaifdir va uning guvohligi qabul qilinmaydi.
•Imom Molik:
Musiqani faqat (xulqi) buzuq kimsalargina eshitadi
•Imom Ahmad:
Bu (musiqa) najas(iflos)dir, musiqa va kuy bor joyda o‘tirish haromdir.
T.me/mufiydun
1.1K viewsالمحبوبي, 18:32