Get Mystery Box with random crypto!

Bugun metroda koʻplab sayyohlar aylanib yurishgan ekan. Turlic | Tasmiya

Bugun metroda koʻplab sayyohlar aylanib yurishgan ekan. Turlicha tillarda gaplashishayotgandi. Bir chetda turgan ikki turk sayyoh ayol eʼtiborimni tortdi. Kayfiyatlari aʼlo darajada) qarab turganimni sezib qolishdi. Uchovimiz ham bir-birimizga qarab kulvordik (sababini bilmadim )

- Turk tilini bilasanmi?
- Ha, tushunyapman)
- Suhbatimizga qoʻshil unda.
Shu bilan yarim soatdan koʻproq suhbat boʻldi. Ular qayta-qayta taʼkidlagan narsa oʻzbek qizlari chiroyli boʻlarkan yana koʻplari bizning tilimizda gaplasha olarkan deyishdi. Oʻzbekiston bizga juda yoqdi ayniqsa odamlarining muomalasi shunchaki super deb baholashdi.

Shunchaki menda ham ulardan yurtimiz haqidagi maqtovlarni eshitib kayfiyatim "super"
Bizda qizlar har sohada faol
Yana maqtanyapti demang)))

@Husnora_Axadova