Get Mystery Box with random crypto!

ERNI AYOLIGA MUHABBATLI QILISH UCHUN 3 #DUO Har bir ayol eri | 🌻 Husnidabonu Ganiyeva 🌻

ERNI AYOLIGA MUHABBATLI QILISH UCHUN 3 #DUO

Har bir ayol eri uni yaxshi ko‘rishligini xohlaydi. Er-xotin o‘rtasida muhabbat bo‘lmasligi,oilaviy hayotni zerikarli, sovuq qilib qo‘yadi. Hayot shavqli,zavqli,quvnoq bo‘lishi uchun er va xotin o‘rtasida muhabbat zarurdir.

Erning muhabbatini qozonish uchun biror duo bormi?

Javob:
Ha, bunday duo bor.

#Birinchi_duo

Imom Abu Dovud, Hokim, Tabaroniy rivoyat qilgan sahih hadisda Paygʻambar alayhissalom bu duoni ibn Masʼud roziallohu anhuga oʻrgatganlar.

اللَّهُمَّ أَلَّفْ بَيْنَ قُلُوبِنَا ، وَأَصْلِحْ ذَاتَ بَيْنِنَا ، وَاهْدِنَا سُبُلَ السَّلامِ ، وَنَجِّنَا مِنَ الظُّلُمَاتِ إِلَى النُّورِ ، وَجَنِّبْنَا الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا ، وَمَا بَطَنَ ، وَبَارِكْ لَنَا فِي أَسْمَاعِنَا ، وَأَبْصَارِنَا ، وَقُلُوبِنَا ، وَأَزْوَاجِنَا ، وَذُرِّيَّاتِنَا ، وَتُبْ عَلَيْنَا إِنَّكَ أَنْتَ التَّوَّابُ الرَّحِيمُ ، وَاجْعَلْنَا شَاكِرِينَ لِنِعَمِكَ ، مُثْنِينَ بِهَا وَقَابِلِيهَا وَأَتِمَّهَا عَلَيْنَا

Oʻzbekcha oʻqilishi
: “Allohumma allaf bayna qulubinaa, va aslih zaata bayninaa vahdinaa subulas-salaami, va najjinaa minaz-zulumaati ilan-nuur, vajannabnal - favaahisha maa zoharo minhaa, vamaa batona va baarik lanaa fiy asmaaʼinaa va absoorinaa va quluubinaa va azvaajinaa, vazurriyyaatinaa, vatub ʼalaynaa innaka antat-tavvaabur-Rohiym, vajʼalnaa shaakiriyna liniʼamika, musniyna bihaa va qoobiliyhaa va atimmahaa ʼalaynaa”

Maʼnosi: Allohim qalblarimizni ulfat qil, va oralarimizni isloh qil, salomatlik yoʻllariga bizlarni hidoyat qil, bizlarni zulmatlardan nurga (chiqishlikkda) najot ber va bizlarni zohir boʻlgan va yashiringan buzuqliklardan saqlagin va bizlarga eshitishligimizda va koʻrishligimizda va qalblarimizda va “juftlarimizda” va farzandlarimizda barokat ber va tavbamizni qabul qil albatta sen tavbalarni koʻp qabul qilguvchi oʻta mehribonsan va bizlarni nematlaringa shukur qilguvchilardan va unga (neʼmating sababidan senga) sano aytadiganlardan va uni (neʼmatingni) qabul qilinadiganlardan qil va uni bizga tamomiy qil.

№2. #Ikkinchi_duo

اَللَّهُمَّ جَمِّلَنِي فِي عَيْنِ زَوْجِي وَحَبِّبْنِي إِلَى قَلْبِهِ وَارْزُقْنِي ذُرِّيَةً صَالِحَةً مِنِهُ. اَللَّهُمَّ دَعَوْنَاكَ فَاسْتَجِبْ لَنَا كَمَا وَعَدْتَنَا. اَللَّهُمَّ اجْعَلْنِي نُورًا بَيْنَ عَيْنَيْنِ زَوْجِي

Oʻzbekcha oʻqilshi: Allohumma jammalaniy fiy ʼayni zavjiy va habbibniy ilaa qolbihi varzuqniy zurriyatan soolihatam-minhu Allohumma daʼavnaaka fastajib lanaa kamaa vaʼadtanaa. Allohum-majʼlniy nuvrom bayna ʼaynayni zavjiy

Maʼnosi: Allohim meni erimni koʻzida goʻzal qilgin. Va meni erimni qalbiga sevdirgin. Va menga erimdan soliha zurriyotni rizq qilib bergin. Allohim bizga vaʼda qilganing kabi senga duo qildik bizga (duoyimizni) ijobat qil. Allohim meni erimning koʻzlarining nuri qil.

№3.
#Uchinchi_duo

اَللَّهُمَّ وَفِّقْ بَيْنِي وَبَيْنِ زَوْجِي وَاجْمَعْ بَيْنَنَا عَلَى خَيْرٍ. اَللَّهُمَّ اجْعَلْنِي قُرَّةَ عَيْنٍ لِزَوْجِي وَاجْعَلْهُ قُرَّةَ عَيْنٍ لِي وَأَسْعِدْنَا مَعَ بَعْضِنَا وَاجْمَعْ بَيْنَنَا عَلَى خَيْرٍ. اَللَّهُمَّ اجْعَلْنِي لِزَوْجِي كَمَا يُحِبُّ وَاجْعَلْهُ لِي كَمَا أُحِبُّ وَاجْعَلْنَا لَكَ كَمَا تُحِبُّ. وَارْزُقْنَا الذُّرِّيَةَ الصَّالِحَةَ كَمَا نُحِبُّ وَكَمَا تُحِبُّ

Oʻzbekcha oʻqilishi: Allohumma vaffiq bayniy va bayni zavjiy vajmaʼa baynanaa ʼalaa xoyrin Allohum-majʼalniy qurrota ʼaynil-lizavjiy vajʼalhu qurrota ʼaynil-lii va asʼidnaa maʼa baʼaʻdinaa vajmaʼa baynanaa ʼalaa xoyrin Allohum-majʼalniy lizavjiy kamaa yuhibbu vajʼalhu liy kamaa uhibbu vajʼalnaa laka kamaa tuhibbu varzuqnaaz-zurriyyata soolihata kamaa nuhibbu vakamaa tuhibbu.

Maʼnosi: Allohim men bilan erimning orasini murosaga keltir. Va bizni yahshilikni ustida jamla. Allohim meni erim uchun koʻz quvonchi qil. Va erimni men uchun koʻz quvonchi qil. Allohim bizni birgalikda saodatli qil. Va bizni yahshilikni ustida birlashtir. Allohim meni erim uchun oʻzi yaxshi koʻrganidek qil. Va erimni men uchun men yahshi koʻradiganimdek qil.Bizni oʻzing yahshi koʻradigan (qullaring) kabi qil.Bizga biz yaxshi koʻradiganimiz va sen yaxshi koʻradiganing kabi soliha zurriyotni rizq qilib ber.