Get Mystery Box with random crypto!

O'zingiz uchun Hozirgi kunda koʻp qizlar oʻzidan (qanaqadur | 🌻 Husnidabonu Ganiyeva 🌻

O'zingiz uchun

Hozirgi kunda koʻp qizlar oʻzidan (qanaqadur mayda kamchiligidan) hijolat boʻlishadi. Bu oziga boʻlgan ishonchni pastligidan.... Agar oʻzingizni o'sha kamchiliklar bilan sevsangiz, atrofingizdagilar sizdanda kuchliroq sevishni boshlaydi. Shuni esingizdan chiqarmang !!

Koʻproq yaxshilik qiling. Kayfiyatingiz koʻtariladi. Hayotda borligingizni his qilasiz. Samatsenkani oshishiga ham yordam beradi

Hech qachon hech kimdan hech nima kutmang. Har doim yodingizda boʻlsin!!. Biz uchun kimdur nimadur qilishga majbur emas. Hatto turmush oʻrtogʻingiz ham

Agar biror narsaga erishmoqchi bo‘lsangiz – o‘zingizni unga bag‘ishlang, aks holda siz natijani ko‘rmaysiz.

O‘zingizga sodiq qoling. Hech qachon sizga yoqadigan narsani qilishdan uyalmang. Atrofdagilar doim gapiradi. Qalbingizga quloq solib yashang.

Asosiysi, har doim siz to‘g‘ri tanlov qilayotganingizga amin bo‘lish.

Psixolog Husnidabonu Ganiyeva

Yaqinlarga ulashish