Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat yoshlar! Ertaga 7-aprel kuni Kosonsoy tumanidagi barc | Xurriyatliklar

Diqqat yoshlar!

Ertaga 7-aprel kuni Kosonsoy tumanidagi barcha mahallalarda besh bosqichli "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning "STREET WORKOUT" turi bo‘yicha musobaqaning mahalla bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Musobaqa nizomiga ko'ra: Street workout musobaqamiz 16-21, 22-26 va 27-30 yosh toifasida o'tkaziladi.

Tanlovda qatnashish istagidagi yoshlar mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilishlari mumkin.

Barcha yoshlarni musobaqada kutib qolamiz.

@KosonsoyYIA | Yoshlar ishlari agentligi Kosonsoy tuman boʻlimi.