Get Mystery Box with random crypto!

Pedagog kasbiy sertifikatlash imtihonida ishtirok etmasa yoki | Huquqshunos yordami

Pedagog kasbiy sertifikatlash imtihonida ishtirok etmasa yoki ishtirok etib oʻta olmasa nima boʻladi?

Hukumat qarori (12.02.2024 №87) bilan tasdiqlangan reglamentga koʻra kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor oʻz muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat koʻrsatayotgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining rahbari masʼul hisoblanadi.

Nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtib, nazorat sinovida uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlib turganligi, yaqin qarindoshi vafot etgan, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan asoslar) koʻra ishtirok etmagan talabgor nazorat sinovidan oʻtmagan hisoblanadi hamda nazorat sinovida ishtirok etish uchun qaytadan roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi.

Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok etmagan talabgordan navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun takroran toʻlov undirilmaydi.

Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan BHMning bir baravari miqdorida toʻlov toʻlanadi.

Talabgor belgilangan nazorat sinoviga kechikkan yoki uzrsiz sababga koʻra kelmagan hamda nazorat sinovi qoidalarini buzganlik uchun jarayondan chetlatilgan taqdirda, toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.

Uzrli sabablarga koʻra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan oʻta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi oʻquv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish sanasi va nazorat sinovini oʻtkazish muddati Vazirlikning rasmiy veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii

@Oylikhisoblaydibot