Get Mystery Box with random crypto!

Akademik litsey yoki professional ta’lim muassasasida faoliyat | Huquqshunos yordami

Akademik litsey yoki professional ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (attestatsiyadan o‘tkazilmasdan) beriladi

Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika, hududiy va jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari kalendar rejalariga kiritiladigan sport musobaqalarining:

tuman (shahar) bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta o‘qituvchi lavozimi);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi g‘olibini (1-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi lavozimi);
xalqaro hamda respublika bosqichi g‘olibi va sovrindorlarini (1 — 3-o‘rin) tayyorlagan ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

xalqaro matematika (IMO), fizika (IPhO), kimyo (IChO), biologiya (IBO) informatika (IOI) olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal (birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rin) sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlariga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi).

oliy malaka toifasiga (bosh o‘qituvchi lavozimiga) ega bo‘lganidan so‘ng oliy malaka toifasini (bosh o‘qituvchi lavozimini) 15 yil davomida saqlab kelgan va uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);

pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lgan hamda yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagog kadrlarga — ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi).

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii