Get Mystery Box with random crypto!

Men toifa olish uchun attestatsiyaning navbatdan-tashqari turi | Huquqshunos yordami

Men toifa olish uchun attestatsiyaning navbatdan-tashqari turini tanlab murojaat yuborgan edim. Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni ham qilgan edim. Attestatsiya turini notoʻgʻri tanlagan ekanman. Arizam “navbatdagi-majburiy attestatsiyada topshirishdasiz”- deb rad etildi. Toʻlagan to‘lovimni qaytarib olsam bo‘ladimi?

Javob: Nizomning 25-bandiga ko‘ra Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

Vakolatli vazirliklarda mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga soʻrovnoma yuboriladi.

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora koʻrish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

Attestatsiya turini toʻgʻri tanlanmaganligi ham notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilgan deb hisoblanadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii