Get Mystery Box with random crypto!

Psixologlar ham attestatsiyadan o'tib toifa olishlari mumkinmi | Huquqshunos yordami

Psixologlar ham attestatsiyadan o'tib toifa olishlari mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 577-son qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizomda psixologlarni attestatsiyadan o'tkazish tartibi belgilangan.

Ammo hozirga qadar ta'lim muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologlarning kasb standarti mavjud bo'lmaganligi sababli ular attestatsiyaga jalb qilinmagan.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirovaning xabar berishicha, ayni damda psixologlarning kasb standarti ishlab chiqildi.

"Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim muassasasidagi psixologik xizmatning psixolog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi nizom qayta ishlab chiqilib, tasdiqlangandan so'ng esa psixologlar ham attestatsiyadan o'tib toifa olishlari mumkin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda psixologlarning oylik maoshi ham malaka toifasiga ko'ra farqlanib, quyidagicha belgilangan:

Oliy ma’lumotli psixolog – 2 mln 653 ming 689 so‘m

Ikkinchi toifali psixolog – 2 mln 841 ming 780 so‘m

Birinchi toifali psixolog – 3 mln 034 ming 666 so‘m

Oliy toifali psixolog – 3 mln 219 ming 374 so‘m

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii