Get Mystery Box with random crypto!

Eshitishimga qaraganda, o‘quvchilari ma'lum bir fan olimpiadal | Huquqshunos yordami

Eshitishimga qaraganda, o‘quvchilari ma'lum bir fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab o‘qituvchilarining malaka toifasi oshirilar ekan. Shu haqida batafsil ma’lumot berib o‘tsangiz.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga ko‘ra quyidagi pedagog kadrlarning malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘onaga oshiriladi:

O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlangan pedagog kadrlar;

“Ustoz” milliy mukofoti g‘oliblari;

Worldskills musobaqalari sovrindorlarini tayyorlagan ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari;

Respublika miqyosidagi fan olimpiadalari va ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlar;

Ma’lumot uchun: pedagog kadrlarning malaka toifasini (lavozimini) bir pog‘onaga oshirishda mazkur Nizom kuchga kirgandan keyingi erishilgan natijalar inobatga olinadi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii