Get Mystery Box with random crypto!

KIMLAR BOG`CHA TO`LOVIDAN OZOD ETILGAN? Savol: Boquvc | Huquqshunos yordami

KIMLAR BOG`CHA TO`LOVIDAN OZOD ETILGAN?

Savol:
Boquvchisini yo'qotgan bo'lib o'zi ishlasa oylik maoshi bir million bo'lsa, 2 nafar farzandi bor bog'cha to'lovidan ozod qilish mumkinmi?

Javob: "Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 5-bobi kam ta'minlangan oilalar bolalarini to`lovlardan ozod qilish haqida. Unga ko`ra:

Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi (maktab-internatlardagi) bolalar umumiy sonining 15 foizi doirasida kam ta’minlangan oilalar farzandlari to‘lovdan ozod qilinadi. Bunda birinchi navbatda ota-onalaridan biri yoki ikkalasi I yoxud II guruh nogironi bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga, shuningdek o‘rtacha oylik jami daromadi eng past darajada bo‘lgan kam ta’minlangan oila farzandlariga imtiyoz beriladi.
To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan oilaning mulkiy ahvoli to‘g‘risida ma’lumotnomaga va tegishli maktabgacha ta’lim muassasasi (maktab-internati) ota-onalar qo‘mitasining xulosasiga asosan aniqlanadi va shakllantiriladi.
To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati har o‘quv yilining 25-sentabr kuniga qadar tegishli maktabgacha ta’lim muassasasi (maktab-internati) rahbarining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatiga kirmay qolgan, shuningdek yil davomida aniqlangan kam ta’minlangan oilalar farzandlari hisobidan zaxira shakllantiriladi.
To‘lovdan ozod qilingan bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasiga (maktab-internatga) qatnashi (bo‘lishi) to‘xtatilishi natijasida bo‘shab qolgan o‘rinlar zaxiradan to‘ldirib boriladi. Bunda bo‘shab qolgan o‘rinlar mazkur Nizomning 19-bandiga asosan imtiyozga ega bo‘lgan bolalarni birinchi navbatda tanlab olish tamoyiliga rioya qilgan holda to‘ldirib boriladi.
To‘lovdan ozod qilinadigan kam ta’minlangan oila farzandlari ro‘yxati u tasdiqlangandan keyin o‘quv yil davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Agar sizni oilangiz kam ta'minlangan oila bo`lsa, siz bog`cha to`lovidan ozod etilasiz.

Oilaning kam ta'minlanganligini tasdiqlovchi ma'lumotnomani Davlat xizmatlari markazi beradi.

@Huquqshunos_yordami

Savol yuborish uchun

@Online_maslaxatchii