Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar | HUQUQSHUNOSLIK

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hozirgi kunga qadar 16 marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan:

1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan soʻzlar “deputatlardan” degan soʻz bilan almashtirildi;

2002 yil 27 yanvarda oʻtkazilgan umumxalq referendumi natijalariga koʻra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilgan;

2007 yil 11 apreldagi Qonun bilan Konstitutsiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;

2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 77-moddasi birinchi qismiga oʻzgartish kiritilgan;

2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;

2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;

2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;

2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;

2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 80, 93, 108, va 109-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;

2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitutsiyaning 99 va 102-moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilgan;

2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan soʻzlar “raisni (oqsoqolni)” degan soʻzlar bilan almashtirilgan;

2019 yil 18 fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80 va 93-moddalariga oʻzgartirish kiritilib, Milliy xavfsizlik xizmati Davlat xavfsizlik xizmati deb yuritila boshlandi;

2019 yil 5 martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93 va 98-moddalarga oʻzgartirishlar kiritilgan;

2019 yil 4 sentyabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga oʻzgartirishlar kiritildi;

2021 yil 8 fevralda qabul qilingan Qonunlar bilan 117-moddaga saylovlarni oktyabr oyida oʻtkazishga oid, shuningdek, 7, 33, 85, 86, 93, 98, 100-moddalarga qonunchilik hujjatlari tushunchasi bilan bogʻliq, 107-moddaga sud tizimi islohotlari bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritilgan.