Get Mystery Box with random crypto!

Atamalar va ularning izohi 9-sinf O’zbekiston tarixi bo’yich | Huquqdan testlar

Atamalar va ularning izohi

9-sinf O’zbekiston tarixi bo’yicha

1. Agrar (lotincha – agrarius) – yerga, dalaga oid – qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullaniladigan hududga, aholining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ustun bo‘lgan joyga nisbatan qo‘llaniladi
2. Epos – xalq og‘zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmuasi.
3.Xonaqoh – darveshlar uchun maishiy xona va masjiddan iborat yotoqxona.
4. Truppa – teatr yoki sirk artistlari jamoasi
5. Ultimatum (lotincha – so‘nggi, oxirgi) – biror masala yuzasidan bir davlat hukumatining boshqa davlat hukumatiga bayon qilgan, hech qanday e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan qat’iy talabi.
6. Chor Rossiyasi (Царская Россия) – rus tilida podsho «царь» deyiladi. Bu mahalliy aholi tilida «chor» deb talaffuz etilgan va shu bois o‘zbek tilidagi adabiyotlarga shunday ko‘rinishda kirgan.
7. Kazak – Rus davlatida o‘rta asrlarda krepostnoy dehqonlar orasidan chekka hududlarga qochib borib, erkinlikka chiqqan kishilardan tuzilgan qo‘shin.
8. Protektorat (lotincha – homiy) – mustamlaka mamlakat qaramligining bir shakli. Bunday mamlakat ichki siyosatida birmuncha mustaqil bo‘lsa-da, tashqi siyosati mustamlakachi davlat qo‘liga o‘tadi.
9. To‘ra – yuqori tabaqaga mansub kishi. Xiva xonligida xon qarindoshlari va yaqinlariga beriladigan unvon.
10. Vassal – bir davlatning boshqa bir davlatga bo‘ysunish tartibi
11. Kontributsiya – mag‘lub davlatning g‘olib davlat foydasiga pul to‘lovi.
12. Pristan (ruscha – kelib to‘xtamoq) – daryolar sohilida qayiqlar, kemalar to‘xtaydigan, maxsus jihozlangan joy – bandargoh
13. Duma (ruscha – o‘ylash, fikrlamoq) – Rossiya imperiyasining qonun chiqaruvchi hokimiyati, shahar dumasi – shaharning o‘zini o‘zi boshqarish organi.
14.Uyezd – tumanlarga teng ma’muriy-hududiy bo‘linma.
15. Volost – uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat hududiy bo‘linma.
16. Uchastka pristavi – aholi yashash joyi nazoratchisi.
17. Komendant – qal’a yoki tumandagi barcha qo‘shinlar boshlig‘i
18. Politsiya (nemischa – ma’muriyat) – jamoat xavfsizligini saqlovchi tashkilot.
19. Ispravnik – uyezd politsiyasi boshlig‘i.
20. Apellatsiya (lotincha – shikoyat, norozilik bildirish) – sud hukmidan norozi bo‘lgach, uning ustidan shikoyat arizasi berilishining bir shakli.
21. Zemstvo (ruscha) – vakolatlari cheklab qo‘yilgan mahalliy idora, boshqarma.
22. Qozi sudlari – shariat qoidalari asosida ish ko‘radigan sud.
23. Biy sudlari – qabila urf-odatlariga tayanib ish ko‘radigan sud
24. Eshon – dindorlar orasida obro‘ qozongan diniy rahnamo unvoni.
25. Dukchi (forscha – yig, duk) – charxning yigirilayotgan ip o‘ralib boriladigan qismi. Duk yasovchi hunarmand dukchi deyilgan.
26. Kazarma (italyancha – uycha, kulba) – harbiy qism joylashtirilgan maxsus bino.
27. Katorga – jinoyatlari uchun og‘ir mehnat sharoitida jazoni o‘tash joyi
28. Maorif (arabcha) – insonlarning bilimi va tafakkurini oshirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya.
29. Jadid (arabcha) – «yangi» degan ma’noni bildiradi.
30. Senzura (lotincha) – hokimiyatning mavjud tuzum uchun noma’qul yoki zararli deb hisoblangan ma’lumotlarni cheklash maqsadida matbuot ustidan nazorat qilishi.
31. Delegat (lotincha – yuborgan) – biror tashkilot, jamoa tomonidan va kolatli qilib saylab yoki tayinlab yuborilgan vakil.
32. Federatsiya (lotincha – ittifoq bo‘lib mustahkamlash) – davlatlarning o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi.
33. Avtonomiya (yunoncha – qonun) – biror-bir hududning qonun bilan chegaralangan davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi.
34. Jevachi (jeva – qurol¬aslaha) – qurol-aslahaxona boshlig‘i.
35. Pulemyot (ruscha – o‘q va metall otmoq) – o‘qni tez otadigan avtomatik qurol
36. Stixiyali – uyushmagan, to‘g‘ri tashkil etilmagan harakat.
37. Notarial ishlar (lot. – kotib) – yuridik va boshqa turli hujjatlarni tasdiqlash ishlari.
38. Mutaassib (arabcha – o‘ta fidoyi) – dinga qattiq berilgan, uning aqidalariga ko‘r-ko‘rona amal qiluvchi.

@Tarix_Testlar_Onlayn