Get Mystery Box with random crypto!

#repost #Prezident_qarori #vazir #qishloqxojaligi #issiqxonala | 🛡LAWYER🇺🇿

#repost #Prezident_qarori #vazir #qishloqxojaligi #issiqxonalar_faoliyati

«O‘zbekiston 24»
telekanalining «Yangiliklar» dasturi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-noyabrda qabul qilingan PQ-413 sonli “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining sharhi va ijrosini taʼminlashga oid lavha namoyish etildi.

Lavhada Qarorning ahamiyati borasida Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov va bir qator soha mutasaddilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi. “Yangi tizim bo‘yicha yirik, yaʼni 10 gektardan kam bo‘lmagan yaxlit maydonlarda issiqxonalar tashkil etiladi. Bunday issiqxonalar maydonlariga tortilayotgan elektr energiyasi va boshqa infratuzilmalar bo‘yicha xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi”, - deya ta’kidlab o‘tdi o‘z chiqishida Aziz Voitov. (reportajning 04:08 daq.).

Ma’lumki, Prezident topshirig‘iga ko‘ra, issiqxona xo‘jaliklaridagi muammolar o‘rganilib, tadbirkorlarning takliflari eshitildi. Ular asosida issiqxonada mahsulot yetishtirish va uni sotishning yangi mexanizmi ishlab chiqildi. Shuningdek, Issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika shtabi va call-center ishga tushdi.

Yanqi Qaror doirasida issiqxona xo‘jaliklari bilan o‘zaro hamkorlik asosida kooperatsiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yetishtirilgan mahsulotni saralash, qayta ishlash, saqlash, qadoqlash va eksport qilishga ko‘maklashish, yangi issiqxonalar uchun suv, elektr tarmoqlarini tortish yuzasidan topshiriqlar berildi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM