Get Mystery Box with random crypto!

#Yangi_konstitutsiya Avval: III boʻlim 'Jamiyat va Shaxs' | Huquq Fanidan Testlar

#Yangi_konstitutsiya

Avval: III boʻlim "Jamiyat va Shaxs"
Keyin: III boʻlim "Fuqarolik Jamiyat va Shaxs"

53-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum
etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa
shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning
o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.»

54-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Mulkdor mol-mulkiga o‘z xohishiga ko‘ra egalik qiladi, undan
foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mol-mulkdan foydalanish atrof-muhitga zarar
yetkazmasligi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning, davlatning huquqlarini hamda
qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi kerak.»


@Huquq_Testlar
@Huquq_Kitoblar