Get Mystery Box with random crypto!

#Bilasizmi Murojaatlar qaysi joydagi sudga topshiriladi | ⚖️ Huquq testlar | Yuridik adabiyotlar

#Bilasizmi

Murojaatlar qaysi joydagi sudga topshiriladi

Fuqarolik ishlari
bo‘yicha arizalar javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashg‘ul bo‘lgan joydagi sudga topshiriladi.

Tanlov bo‘yicha murojaat qilish - agar nizo bo‘yicha bir nechta javobgar ishtirok etib, ular turli erlarda joylashgan bo‘lishsa, ariza (shikoyat) arizachining tanlovi bo‘yicha javobgarlardan biri joylashgan erdagi sudga taqdim etiladi.

Jinoyat ishidan kelib chiqadigan fuqarolik da’vosi, fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida ko‘rib chiqish uchun umumiy qoidalar bo‘yicha taqdim etiladi.

Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha murojaatlar shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ joylashgan er yoxud mansabdor shaxsning ish joyi bo‘yicha sudga taqdim etiladi.


@huquq_fanidan_testlar Kanalga qo'shiling.