Get Mystery Box with random crypto!

​Barcha sumkalar, hamyonlar va cho'ntaklarni ko’zdan kechirdin | HUMO

​Barcha sumkalar, hamyonlar va cho'ntaklarni ko’zdan kechirdingiz, biroq kartani topa olmadingizmi? Vahimaga tushmang! Quyida nima qilish kerakligi haqida so’z yuritamiz.

Zudlik bilan kartani bloklash kerak. Buni turli yo'llar bilan amalga oshirish mumkin:

@HUMOcardbot Telegram boti orqali. Ushbu bot yordamida siz kartani bloklashingiz hamda karta to'satdan topilgan taqdirda, uni darhol blokdan chiqarishingiz mumkin;
Mobil ilova orqali. Ilova o'rnatilgan bo'lsa va unda kartani bloklash funksiyasi mavjud bo'lsa, ushbu usul eng tezkor usuldir. Shuningdek, siz yo'qolgan karta hisobidagi mavjud pul mablag’larini boshqa kartaga o'tkazib, undan zarur to'lovlarni amalga oshirishda foydalanishingiz mumkin.
Call-markaz orqali bank bilan bog'laning, ular sizga ko'rsatma berib, muammoni hal qilishda yordam berishadi.

Agar siz hali ham kartani topmagan bo'lsangiz, lekin u bog'langan hisobdan foydalanishni davom ettirmoqchi bo'lsangiz, kartani qayta chiqarish kerak. Buning uchun bankingizga tashrif buyurib, ariza qoldirishingiz lozim.
— - — - —
Обыскали все сумки, кошельки и карманы, а карты не оказалось? Без паники! Ниже рассказываем что делать.

Необходимо срочно заблокировать карту. Сделать это можно разными способами:

Через Telegram-бот @HUMOcardbot. С помощью команды можно заблокировать карту и разблокировать сразу же, если вдруг она нашлась;
Через мобильное приложение. Самый быстрый способ, если приложение уже установлено и в нем есть опция по блокировке карты. Также вы сможете перекинуть деньги с утерянной карты на другую, которую вы можете использовать дальше для платежей.
Обратитесь в банк через колл-центр, где вас проинструктируют и помогут решить проблему.

Если вы так и не нашли карту, но намерены и дальше пользоваться счетом, к которому она привязана, то ее нужно перевыпустить. Для этого нужно посетить ваш банк и оставить заявку.