Get Mystery Box with random crypto!

HUMO va UZCARD terminallari ikkala to‘lov tizimining kartalari | HUMO

HUMO va UZCARD terminallari ikkala to‘lov tizimining kartalarini o‘zaro qabul qilishlari uchun takomillashtirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish maqsadida UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari joriy yildagi o‘zaro integratsiyalashuvning birinchi bosqichini yakunladi. Shu tariqa har ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti namoyish etildi. Yaqin kelajakda kassir tomonidan har bir karta uchun turli terminallarning taklif qilinishi shart bo’lmaydi - savdo va xizmat nuqtalari ikkala to‘lov tizimiga xizmat ko‘rsatadigan bitta apparatga ega bo‘ladi.

2021-yil 27-dekabr kuni UZCARD va HUMO to‘lov tizimlari ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilishni namoyish etdilar. Ilgari terminallarda cheklovlar mavjud bo’lgan bo‘lsa, endilikda bitta terminalda ham UZCARD, ham HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

To‘lov tizimlarining hamkorligi bozor ehtiyojlarini yanada faolroq aniqlash va zarur yechimlarni taqdim etish imkonini beradi.

Terminal har ikkala turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi uchun uni yangilash kerak. Yaqin vaqt ichida banklarga bunday yangilashni amalga oshirish uchun zarur ko'rsatmalar beriladi.

Integratsiya memorandumi doirasida UZCARD va HUMO quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettiradi:
karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo shoxobchalarining manfaatlarini himoya qilish;
texnologiyalarni takomillashtirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish infratuzilmasini kengaytirish;
to‘lov infratuzilmasining ishonchliligi va axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish.

———

Терминалы HUMO и UZCARD научились читать карты друг друга

В целях исполнения Указа Президента Республики Узбекистан “Об утверждении стратегии «цифровой Узбекистан-2030» и мерах по ее эффективной реализации” платёжные системы UZCARD и HUMO подошли к завершению первого этапа взаимной интеграции – проведена демонстрация приёма платежей на терминалах обеих систем. В ближайшем будущем кассиру не нужно будет предлагать различные терминалы под каждую карту – он сможет иметь один аппарат, который обслужит обе платёжные системы.

27 декабря 2021 года платёжные системы UZCARD и HUMO продемонстрировали приём платежей на терминалах обеих систем. Раньше в терминалах существовали ограничения, теперь же один терминал сможет обслуживать карты как UZCARD, так и HUMO.

Сотрудничество платёжных систем позволит активнее выявлять потребности рынка и внедрять необходимые решения.

Для того чтобы терминал начал принимать оба типа карт, необходимо его обновить. В ближайшее время банки получат инструкцию с необходимыми шагами для осуществления такого обновления.

В рамках меморандума об интеграции компании продолжат сотрудничество по следующим направлениям:
защита интересов держателей карт, банков, платежных организаций и торговых точек;
совершенствование технологий и расширение инфраструктуры для стимулирования безналичных расчетов;
реализация проектов по обеспечению надежности и информационной безопасности платежной инфраструктуры.

#tolov_tizimlari #платёжные_системы

Web | Telegram | Facebook | Instagram | Odnoklassniki | Youtube | Twitter | Linkedin