Get Mystery Box with random crypto!

​​Bankdan xavotirli qo'ng'iroq bo'ldimi? Sizga sim qoqgan odam | HUMO

​​Bankdan xavotirli qo'ng'iroq bo'ldimi? Sizga sim qoqgan odam qat'iyat bilan karta raqamini hamda SMS orqali kelgan kodni so'rayaptimi? Bu kim o'zi, nega bunday ma'lumotlarni taqdim etish kerak?

Maslahatimiz suhbatni yakunlang, ko'p hollarda noma'lum shaxslar qo'ng'iroq qilib, o'zlarini bank xodimi deb tanishtirishadi va kartangiz hisobidagi pul mablag'larini yechib olishga harakat qilishadi.

Quyidagilar yodingizda bo'lsin:

Hech qachon o'zga shaxsga karta ma'lumotlarini taqdim etmang;

SMS orqali kelgan kod – bu sizning mablag'laringiz kalitidir, uni hech kimga aytmang, faqat siz uni bilishingiz lozim!

Yodingizda bo'lsin, bank xodimi sizga qo'ng'iroq qilib, maxfiy ma'lumotlarni, ayniqsa telefon orqali oydinlashtirishga harakat qilmaydi. Hisob bilan bog'liq muammolar yuzaga kelsa, sizni bankka taklif qilishadi va muammo shaxsiy tashrif orqali hal qilinadi.

Ogoh bo'ling va yomon niyatli odamlarning hiyla-nayranglariga ishonmang!
- - - -
Тревожный звонок из банка? Человек на том конце линии настойчиво просит назвать номер карты и код, полученный по SMS? Кто это, зачем это делать?

Наш совет, просто закончить разговор, чаще всего это звонят неизвестные лица, представляясь сотрудниками банков и незаконно пытающиеся списать средства с вашей карты.

Следует запомнить несколько правил:

Никогда не сообщайте данные карты другому лицу;

Код из SMS — это ключ к вашим средствам, не сообщайте его никому, его знать должны только ВЫ!

Помните, сотрудник банка не будет звонить вам и пытаться выяснить конфиденциальную информацию, тем более по телефону. В случае возникновения проблем со счётом, вас пригласят и при личном визите будет решён вопрос.

Будьте бдительны и не поддавайтесь на уловки недоброжелательных людей!