Get Mystery Box with random crypto!

HUMO MED SERVIS

Telegram kanalining logotibi humoklinika — HUMO MED SERVIS H
Telegram kanalining logotibi humoklinika — HUMO MED SERVIS
Kanal manzili: @humoklinika
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 38
Kanalning ta’rifi

"Humo Med servis" klinikasi
❗️ Biz bilan bog‘lanishni istasangiz:
☎️ (73) 353-03-03
📱 (94) 089-00-03
💬 Telegram guruh: @humomedservis
📍 Manzilimiz: Vodil shahri, Bo‘ston ko‘chasi 3-uy.
📌 Mo‘ljal: Farg‘ona tumani Markaziy poliklinikasi oldida

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-22 12:07:59
Asosan jigar yallig‘lanishi bilan kechadigan D gepatiti hozirgi vaqtda turli yoshdagi kishilar o‘rtasida uchraydi. Bu kasallik gepatit B ning zamirida rivojlanadi.

Kuzatishlarga ko‘ra, gepatit D virusi ko‘pincha sterillanmagan tibbiy asbob-uskunalar orqali, masalan, qon quyganda, shuningdek tishlarni davolaganda, yetarlicha himoyalanmay jinsiy aloqa qilganda kishiga yuqib qoladi.
Bundan tashqari, D gepatiti virusi nuqsonli bo‘lib, uning ko‘payishida B gepatiti viruslari muhim rol o‘ynaydi. Demak, o‘tkir yo surunkali B gepatiti bilan og‘riganlarda D gepatit yuzaga kelishi tezlashadi.

Kasallik viruslari tashqi muhitga juda chidamli bo‘ladi, biroq zararlangan joyni kislota va ishqorlar bilan artganda nobud bo‘ladi.

Agar gepatit B bilan og‘rigan odam ayni vaqtda gepatit D ga ham chalinib qolsa, super infeksiya, ya’ni bitta infeksiyaga boshqasining qo‘shilishi ro‘y beradi.

Yaqinlarga ham ulashing!


Biz bilan bog‘lanishni istasangiz:
(73)-353-03-03
(94)-089-00-03

Manzilimiz: Vodil shahri, Bo‘ston ko‘chasi 3-uy.
Mo‘ljal: Farg‘ona tumani Markaziy poliklinikasi oldida


Online Servis | Telegram | Instagram
381 viewsedited  09:07
Ochish/sharhlash
2023-03-21 15:02:50
#qiziqarli_labaratorya #spermagramma

Spermogramma — bu andrologik laboratoriyalarda tajribali mutaxassislar tomonidan o’tkazilishi kerak bo’lgan murakkab test.

Spermagrammani tahlili quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak: spermatozoid  xususiyatlari (rangi, hidi, pH, yopishqoqligi va suyuqligi), hajmi, konsentratsiyasi, morfologiyasi, harakatchanligi va spermatozoidlarning harakatlanish turlari.

To’g’ri natijaga erishish uchun 7 kundan 3 oygacha bo’lgan vaqt oralig’ida kamida ikkita va uchta alohida spermogramma tahlilini o’tkazish kerak.


Urug‘ foizini ko‘tarish uchun nima qilish kerak?
Oqatlanish ratsioni to‘g‘ri yo'lga qo'yish
Uyqu rejimini yaxshilash kerak
Zararli odatlardan vos kechish kerak ya'ni
Chekish;
Spirtli ichimliklardan holi bo‘lish.


Yaqinlarga ham ulashing!


Biz bilan bog‘lanishni istasangiz:
(73)-353-03-03
(94)-089-00-03

Manzilimiz: Vodil shahri, Bo‘ston ko‘chasi 3-uy.
Mo‘ljal: Farg‘ona tumani Markaziy poliklinikasi oldida


Online Servis | Telegram | Instagram
398 views12:02
Ochish/sharhlash
2023-03-21 11:01:28
#gemostaz

Insonda to’qimalar shikastlanganda protrombin trombinga aylanib, trombni hosil qiladi.

Tromb hosil bo’lish vaqti trombin faoliyati bilan bog’liq. Agar u yetarli darajada faol bo’lmasa, bemorda ko’p qon ketishi mumkin. Haddan tashqari faol trombinda qon juda tez iviydi va tromboz ehtimoli ortadi.

Shuning uchun protrombin vaqtining ko’payishi yoki kamayishini vaqtida aniqlash muhimdir. Buning uchun PTV va INR (Xalqaro normallangan nisbat) qon tahlillari o’tkaziladi.

Protrombin vaqti (PTV) qonning ivish qobiliyatini o’rganadigan keng qamrovli tekshirishning bir qismidir.

PTI va PTV koagulyatsiya tizimining samaradorligini ko’rsatadi.


Yaqinlarga ham ulashing!


Biz bilan bog‘lanishni istasangiz:
(73)-353-03-03
(94)-089-00-03

Manzilimiz: Vodil shahri, Bo‘ston ko‘chasi 3-uy.
Mo‘ljal: Farg‘ona tumani Markaziy poliklinikasi oldida


Online Servis | Telegram | Instagram
366 views08:01
Ochish/sharhlash
2023-03-21 08:02:04
#KREATININ

Kreatin fosfat reaktsiyasining yakuniy mahsulotidir.

Kreatinin mushaklarda ishlab chiqariladi va keyin qonga chiqariladi.

Kreatinin mushak va boshqa toʻqimalarning energiya almashinuvida ishtirok etadi.

Kreatinin tanadan buyraklar tomonidan siydik bilan chiqariladi, shuning uchun kreatinin (uning qondagi miqdori) buyrak faoliyatining muhim koʻrsatkichidir.

Nega Kreatinin erkaklarda yuqori?

Buning sababi erkaklarda mushaklar ayollarda nisbatan yaxshiroq rivojlangan va jismoniy mehnat bilan doimiy shug'llanishlari sababli erkaklarda doim ayollarga nisbatan balandroq bo'ladi.


Biz bilan bog‘lanishni istasangiz:
(73)-353-03-03
(94)-089-00-03

Manzilimiz: Vodil shahri, Bo‘ston ko‘chasi 3-uy.
Mo‘ljal: Farg‘ona tumani Markaziy poliklinikasi oldida


Online Servis | Telegram | Instagram
355 views05:02
Ochish/sharhlash
2023-03-21 05:01:08
Navroʻz ayyomingiz muborak boʻlsin!

Sizni goʻzal diyorimizga qutlugʻ qadamlar ila kirib kelgan fasllar malikasi bahorning yangilanish va yasharish, ezgulik va mehr oqibat ayyomi - Navroʻzi olam bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bahorning tabarruk ayyomi Sizga, oilangizga va har bir xonadonga tinchlik, osoyishtalik, risq-nasiba, olam-olam sevinch va baxt olib kelsin!

Yaqinlaringizni birinchi boʻlib tabriklash esdan chiqmasin!

Online Servis | Telegram | Instagram
904 views02:01
Ochish/sharhlash
2023-03-20 10:02:25
Odamlarning baxt hissini tuyishlari organizmdagi bir nechta gormonlarning ishlab chiqarilishiga bogʻliq. Ushbu gormonlar qachon koʻproq ishlab chiqariladi, ularga nimalar taʼsir qiladi?
Shu haqida batafsil quyida tanishamiz.

Erdorfin – qisqa muddatli quvonch va eyforiya hissini paydo qiladi. Ushbu gormon bosh miya neyronlarida ishlab chiqariladi. Erdorfin gormoni miqdoriga ultrabinafsha nurlari, shirinliklar isteʼmoli, his-tuygʻular, sport mashqlari taʼsir qiladi.

Dofamin- insonning oʻziga boʻlgan ishonch hissini oshiradi va sevib qolganlik tuygʻusini paydo qiladi. Mazkur gormon buyraklar va buyrak usti bezlari tomonidan ishlab chiqariladi. Dofamin gormoni miqdori maʼlum maqsadga erishilgan vaqtda oʻta oshib ketadi va ushbu gormon maqsadlarga yetishish jarayonini nazorat qiladi.

Oksitosin – gipotalamusda ishlab chiqariluvchi oksitotsin gormoni xavotir va tahlika darajasini kamaytiradi. Sevimli insonlar bilan birga boʻlish, ularni koʻrish, quchoqlash kabi holatlar oksitosin miqdorini oshiradi.


Vazopressin – atrofdagilarga gʻamxoʻrlik qilish istagini kuchaytiradi. Ushbu gormon ham gipotalamusda ishlab chiqariladi.

Serotonin – gʻuddasimon bezda ishlab chiqariluvchi mazkur gormon umumiy ruhiy holat hamda kayfiyatni nazorat qiladi. Xurmo, sut, qora shokolad kabi mahsulotlarni tanovul qilish serotonin miqdorini oshirib beradi.

Baxt gormonlari faolligi odatda kunduzgi soat 12:00 da yuqori nuqtaga chiqadi.


Biz bilan bog‘lanishni istasangiz:
(73)-353-03-03
(94)-089-00-03

Manzilimiz: Vodil shahri, Bo‘ston ko‘chasi 3-uy.
Mo‘ljal: Farg‘ona tumani Markaziy poliklinikasi oldida


Online Servis | Telegram | Instagram
397 views07:02
Ochish/sharhlash
2023-03-19 10:01:46
Fizioterapiya-bu bemorlarni hayoti davomida tana harakat va faoliyatlarini rivojlantirish, takommillashtirish va tiklashda ko’rsatiladigan davolash usulidir.

Ushbu davolash usuli insonning harakatlari quyidagi holatlarda sustlashganida qo’llaniladi: qarichilikda, turli jarohatlar olganda, o’griq va kasalliklarda.

Fizioterapevtik davo tadbirlari dori moddalariga qaraganda organizmga fiziologik jihatdan ko’proq ijobiy ta’sir etadi va noxush o’zgarishlar kam kuzatiladi. Fizioterapevtik omillar organizmga eng kichik dozada berilganda aʼzolar maxsus himoya tizimi, yalligʻlanishga qarshi jarayonlarni tiklab, katta terapevtik samaraga erishishi mumkin.

Fizioterapevtik muolajalardan nafas, yurak, qon-tomir tizimi, ovqat hazm qilish, boʻgʻim, nerv tizimlari va boshqa xastaliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida foydalaniladi.

Olam Klinikasining malakali shifokorlari fizioterapevtik muolajalarni taklif qiladi.

Salomatligingizga bee’tibor bo’lmang, hayotingizni go’zal lahzalar bilan.


Biz bilan bog‘lanishni istasangiz:
(73)-353-03-03
(94)-089-00-03

Manzilimiz: Vodil shahri, Bo‘ston ko‘chasi 3-uy.
Mo‘ljal: Farg‘ona tumani Markaziy poliklinikasi oldida


Online Servis | Telegram | Instagram
425 views07:01
Ochish/sharhlash
2023-03-19 05:01:14
Dori sotib olish madaniyati.

Internetdan dori xaqida oʼqib, sotib olish.

Dorilar ikki xil boʼladi. Resept bilan va retseptisiz. Аmmo xar ikkisini xam shifokor maslaxati bilan ichgan maqul.

Аzizlar, internetdagi xamma narsaga xam ishonish yaramaydi. Mutaxasisslar bor. Ulardan soʼrang, surishtiring. Foyda olganlar bilan gaplashing.

Xattoki biz tavsiya qilayotgan dorilarni xam shifokor maslaxatisiz ichmang. Biz uchun avvalo sizning sogʼligʼingiz muxim.

Xozirgi kunda sogʼlom boʼlaman deb pulidan xam sogʼligʼidan xam ayrilayotganlar koʼp.


Biz bilan bog‘lanishni istasangiz:
(73)-353-03-03
(94)-089-00-03

Manzilimiz: Vodil shahri, Bo‘ston ko‘chasi 3-uy.
Mo‘ljal: Farg‘ona tumani Markaziy poliklinikasi oldida


Online Servis | Telegram | Instagram
407 views02:01
Ochish/sharhlash
2023-03-18 15:00:59
TORCH infeksiyalar

Oila qurganlar, ayniqsa bola koʻrish taraddudida yurgan juftlar TORCH infeksiya va uning homiladorlikka aloqasi haqida ozgina boʻlsa ham eshitishgan.
TORCH infeksiyalari nima ? TORCH infeksiyani bepushtlik va xomiladorlikka qanday aloqasi bor ? Bugun shu haqida gaplashamiz

TORCH infeksiyalariga toksoplazmoz, qizilcha, gerpes va sitomegalovirus kiradi. Xomiladorlikdan avval va xomiladorlik davrida yana xlamidiya, ureaplazma, brutsellez xam tekshiriladi. Lekin ular TORCH infeksiya emas.

TORCH infeksiya ayol va erkakda xam boʻlishi mumkin. Erkaklarda

TORCH infeksiya sperma rivojdanishiga taxsir qilib, sperma koʻrsatkichlarini buzadi ular farzand koʻrish extimollini ancha pasatirishi mumkin. Ayollarda TORCH infeksiya xomila tushib qolishi, tugʻma nuqsonli bola tugʻilishi va boshqa koʻp asoratlarga sabab boʻladi.


Online Servis | Telegram | Instagram
423 views12:00
Ochish/sharhlash
2023-03-18 10:01:48
Sut - saratonning oldini oladi

Kanadalik tibbiyot xodimlari har kuni sut va sut mahsulotlari (qatiq, kefir, tvorog)ni yeb turishni maslahat berishmoqda.

Tekshiruvlar natijasida maʼlum boʻldiki, bu mahsulotlar kasallik rivojlanishini toʻxtatadi va uning oldini oladi.


Online Servis | Telegram | Instagram
424 views07:01
Ochish/sharhlash