Get Mystery Box with random crypto!

#Eslatma! Tutuq belgisining vazifalari: Unlini cho’zish. | "HUMO academy" o‘quv markazi

#Eslatma!

Tutuq belgisining vazifalari:

Unlini cho’zish. Unlidan keyin kelib uning cho’ziqroq talaffuz qilinishini talab etadi:
ma’no, a’lo, Ra'no, sa'va

Unlini undoshdan ajratish. Undoshdan keyin qo’llanib unlining undoshdan ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi:
jur’at, in’om, san‘at

Harflarni farqlash. «s» va «h» undoshlarini «sh» harf birikmasidan farqlash uchun ishlatiladi:
as’hob, Is’hoq.

So‘zning ma’nosini farqlash.
Ta’na - tana, da’vo - davo, san'at - sanat, ta'qib - taqib, she’r – sher, qal’a - qala, a’yon -ayon
kabi so‘zlarda so‘zlar o‘rtasidagi ma’noni farqlashga xizmat qiladi.

Eslatma: mo‘tadil, mo‘jiza, mo‘tabar kabi so‘zlarda unli cho‘ziq aytilsa-da, tutuq belgisi qo‘yilmaydi.


HUMO ACADEMY maqsadi borlarga makon!

Rasmiy kanalimiz Qo‘shilishni unutmang
@Humoacademy_TM