Get Mystery Box with random crypto!

#Zulhijja #Qurbonlik #Hadis «Nabiy sollallohu alayhi vasa | ت

#Zulhijja

#Qurbonlik

#Hadis

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kimning soʻyadigan qurbonligi boʻlsa, Zulhijjaning oyi koʻringandan boshlab, to qurbonlik qilgunicha, sochidan ham, tirnogʻidan ham hech narsani olmasin», dedilar».

Imom Muslim, Termiziy va Abu Dovud rivoyati
Sharh: Qurbonlik soʻyishni niyat qilgan odam va uning oila aʼzolari Zulhijja oyi kirgan kundan boshlab, to qurbonlik qilinguncha sochlari va tirnoqlarini oldirmay yurishlari lozim. Soch va tirnoq oldirish bizning mazhabda muboh ishdir. Ya‘ni ixtiyoriy. Lekin savob umidida qurbonlik qilayotgan odam soch-saqol va tirnoqlarini olmay tursa ham bo‘ladi. Zulhijja oyining birinchi oʻn kunida soch va tirnoqlarni olmay yurishning sababi esa, qurbonlik qilganda undan koʻproq aʼzo ishtirok etsin, toki, qiyomatda Alloh taolo qurbonlik sababidan uni doʻzaxdan ozod qilganda koʻproq aʼzosi ozod boʻlsin, degan yaxshi umiddir.

https://t.me/humiyro