Get Mystery Box with random crypto!

​​#Savol: Assalomu alaykum. Menda oila qurayotgan insonimga ni | Hubbuna

​​#Savol: Assalomu alaykum. Menda oila qurayotgan insonimga nisbatan umuman ko‘nglim yo‘q. Faqat ota-onamning xohishlari bilan bo‘lgan. Lekin bo‘lajak turmush o‘rtog‘im meni yaxshi ko‘radilar. Menda esa ko‘nglimda umuman iliqlik yo‘q. Gaplashishni ham xohlamayman. Shunday holatda oila qurish to‘g‘rimi?

Javob: Va alaykum assalom. Hamma ham ko'ngil qo'yib oila qurmaydi, lekin hech bo'lmasa, neytral holatda bo'lish kerak. Siz u yigitning yaxshi tomonlari va kamchiliklarini bilishga, ularni tahlil qilishga harakat qiling. "Gaplashishni ham xohlamayman" deyishingizga sabab bo'ladigan nima borligini o'zingiz bilasiz – aslida, gaplashish to'g'ri emas, bu yerda nima uchun ko'ngilda iliqlik yo'qligini bilishni nazarda tutyapman.

Oila qurishga rozilik berishdan oldin bularni qilish, o'ylash kerak edi. Endi qanday yo'l tutish o'zingizning ixtiyoringiz.

#oila_qurish

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida