Get Mystery Box with random crypto!

MUAMMOLAR TASNIFI Er tarafidan bo‘ladigan muammolar: 3. Muamm | Hubbuna

MUAMMOLAR TASNIFI

Er tarafidan bo‘ladigan muammolar:
3. Muammo: o‘zlari yoki bolalari uchun muhim bo‘lgan masalada er xotinining fikriga e’tibor bermaslik.

Yechim. Er jufti haloli hayotdagi sherigi ekanini yodidan chiqarmasligi zarur. Balki hayot yo‘lidagi hamrohi ekanini his qilishi lozim. Muhim masalalarda fikri to‘g‘ri bo‘lsa, qabul qiladi. To‘g‘ri bo‘lmasa, qabul qilmaydi. Uning fikrini butkul inkor etmaydi. Eng muhimi – fikri to‘g‘ri bo‘lmaganda, his-tuyg‘ulariga (oriyatiga) tegadigan yo‘sinda inkor qilmaydi.
Alloh taolo mo‘minlarni:
“Ularning ishlari o‘zaro maslahat (bilan) bo‘lur”
(Sho‘ro surasi, 38- oyat), deya maqtagan.

4. Muammo: er bo‘ynidagi vazifasini bajarib turib shuni xotiniga minnat qilishi.

Yechim. Er xotiniga javobgar ekanini bilishi zarur. Uning huquqlariga rioya qilmasa, qiyomat kuni javob beradi. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Alloh taolo barcha mas’ullarni qo‘l ostidagilar rioyasini qilgan yoki rioyasini qilmaganidan so‘raydi. Hatto erkakni oilasidan so‘roq qiladi”, dedilar.
Er burchini bajararkan, xotiniga bu narsalarni minnat qilishga haqi yo‘q. Chunki u xotinning huquqlari hisoblanadi.

5. Muaommo: er bolalari yoki oilasi oldida xotinini haqorat qilishi va mensimasligi.

Yechim. Er xotinining hurmati o‘zining hurmati ekanini bilishi lozim. Boshqalar oldida xotinining tuyg‘ulari va hurmatini saqlashi kerak. Xususan, bolalari oldida. Chunki bolalari qalbida xotinning haybati ketib qolsa, ularni tarbiyalash uchun gapi o‘tmay qoladi. Er ayolini koyimoqchi bo‘lsa, boshqalarning qulog‘iga yetmaydigan uzoqroq joyga borishi kerak. Shunda tuyg‘ularini toptagan bo‘lmaydi va haybati ham yo‘qolmaydi. Xotinga yaxshi munosabatda bo‘lishi mardlik ekanini er bilishi lozim.

Mubashshir Ahmadning “Islomda oila” kitobidan #iqtibos

#Muammo

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida