Get Mystery Box with random crypto!

Ayolingizni xoʻrlamang! Ayolingizni xoʻrlamang. Uni tahqirlas | Hubbuna

Ayolingizni xoʻrlamang!

Ayolingizni xoʻrlamang. Uni tahqirlashingiz qalbi va aqlida chuqur iz qoldiradi. Ayolingiz tili bilan kechirsa ham qalbi bilan kechira olmaydigan eng xatarli haqorat – qalbi gʻalayonga toʻlganda unga ozor berishingiz, soʻkishingiz, ota-onasini pastga urishingiz yoki shaʼnini yerga urishingizdir.
Ayolingizga yaxshi muomala qiling, undan ham yaxshi muomala koʻrasiz. Uni oʻzingizdan ham ustun koʻrishingizni, uni baxtli qilishga urinishingizni unga bildiring. Uning sogʻligʻiga eʼtiborli ekaningizni ayting. Agar betob boʻlib qolsa, imkoningiz yetganicha boringizni qurbon qilishga tayyor ekaningizni bilsin.

Shayx Yusuf Xattor Muhammadning
«Oila — saodat maskani» kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida