Get Mystery Box with random crypto!

Oila saodati ham erning, ham ayolning zimmasida boʻladi Oila | Hubbuna

Oila saodati ham erning, ham ayolning zimmasida boʻladi

Oila saodati asalli mumkatakka oʻxshaydi: uni ikki asalari barpo qiladi. Asalarilar qancha koʻp harakat qilishsa, asalning halovati oshib boraveradi.
Xonadonga qanday qilib baxt olib kirish haqida koʻp soʻrashadi. Koʻpchilik bu yoʻlda muvaffaqiyatni qoʻldan boy berishadi. Oila iqboli, masʼuliyati, albatta, ham erning, ham ayolning zimmasida boʻladi. Bu maqsadga erishish uchun oʻzaro muhabbat qaror topgan boʻlishi lozim. Qisqa fursatda olov olib keyin yana soʻnib qoladigan sevgini nazarda tutmayapmiz. Bu muhabbat ular oʻrtasidagi ruhan bir boʻlish, bir-birini toʻliq his qilishda oʻz aksini topadi.

Shayx Yusuf Xattor Muhammadning
«Oila — saodat maskani» kitobidan #iqtibos

#Ayollar #Erkaklar #Baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida