Get Mystery Box with random crypto!

#Savol: Mening savolim shuki, ayol kishi eri bilan qanchadir m | Hubbuna

#Savol: Mening savolim shuki, ayol kishi eri bilan qanchadir muddat oraligʻida birga yashamasa, taloq tushadi deb eshitgan edim. Shu haqida toʻliq maʼlumot bersangiz.

JAVOB:
Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bunday gap yoʻq. Lekin er-xotin albatta birga yashashlari kerak. Chunki nikohdan koʻzda tutilgan maqsad ham aslida ularni birgalikda hayot kechirishlaridir. Alloh taolo Qurʼoni karimda: “Ular (ayollar) sizga libosdir, siz ularga libosdirsiz”, degan.

Libosni oʻz egasidan ayro holatda yoki aksincha, kishini libossiz tasavvur qilish qiyin. Shunday ekan, er-xotinni ayro tarzda yashashlari ham aqlga toʻgʻri kelmaydigan ishdir. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hayʼati.


@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida.