Get Mystery Box with random crypto!

​​#Savol: Assalomu alaykum. Qutlug' oy muborak bo'lsin. Sizga | Hubbuna

​​#Savol: Assalomu alaykum. Qutlug' oy muborak bo'lsin. Sizga savolim shundan iborat: Mening Alloh yo‘lida niyat qilib, sevib yurgan qizim bor, u ham, men ham ro'za tutganmiz. Inshaalloh, qabul bo'lsin. Avval "sevgilim", "sevaman"," jonim" kabi so'zlar bilan suhbatlashardik, hozir esa ro'za munosabati bilan shu so'zlarni bir-birimizga aytmayapmiz, ora-orada ko'rishib turardik, hozir ko'rishish ham yo'q hisob, qiyin bo‘lyapti. Shunga maslahat bersangiz, nima mumkin-u nima mumkin emas? Javob uchun Alloh rozi bo'lsin sizdan.

Javob: Va alaykum assalom. Ramazonda ham, boshqa vaqt ham siz aytgan so‘zlarni aytishingiz, ko‘rishishingiz mumkin emas. Nikohlaninglar. Alloh uchun sevish emas bu, shahvoniy sevgi bu. Alloh uchun sevganda nomahramni "jonim" deb yurilmaydi.

G‘iyosiddin Yusuf

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida