Get Mystery Box with random crypto!

​​Ba'zilar 'Allohim falon narsa bo'lsa ham', 'Falon narsa bo'l | Hubbuna

​​Ba'zilar "Allohim falon narsa bo'lsa ham", "Falon narsa bo'lmasa ham" deb "badal berib" duo qiladi. Masalan, "Million-million pul bermasang ham shirin-shakar farzandlar ber" deganini o'qib qoldim. Million-millionni ham, shirin-shakar farzandlarni ham so'rayvering. Allohning mulki kamayib qolmaydi. Siz xayolingizga siqqan jamiki narsalarning o'n barobarini bersa ham U Zotning mulki nuqsonga uchramaydi.

So'rashdan emas, so'ramaslikdan xijolat bo'ling. Alloh bandasining so'rashini yaxshi ko'radi. Ko'p-ko'p so'rayvering.

#Duo odoblaridan

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida