Get Mystery Box with random crypto!

Farzand tarbiyasiga doir umumiy maslahatlar Farzandizning yos | Hubbuna

Farzand tarbiyasiga doir umumiy maslahatlar

Farzandizning yoshiga qarab Qur'on o‘qishni o‘rgating.

Payg‘ambarlar, sahobalar, ulamolarning hayotidagi ibratli qissalarni aytib bering. Shunda bolalar multqahramonlarga emas, ularga o‘xshashga harakat qiladi.

"Bolajonim seni bizdan ham ko'proq yaxshi ko'radigan zot bor", — deya Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni ularga taniting va u zotga bo'lgan muhabbatlarini oshiring.

Farzandingizni "Ana do'xtir kelyapti, hozir ukol qiladi yoki hozir o'qituvchingga telefon qilaman", deya qo'rqitmang. Bolada bu kasb egalariga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqarishingiz mumkin.

Haddan ortiq qattiqqo'llik va kaltaklash bilan qilingan tarbiya natijasida bola yolg'onchi, qo'rqoq va ikkiyuzlamachi bo'lib voyaga yetadi.

Ovqatlanishni boshlashdan oldin farzandizga eshittirib" Bismillah" dan boshlang. U ham sizga taqlid qilib bunga odatlanadi.

Farzandlaringizga qiziqarli viktorinalar uyushtiring. Bunda albatta uning yoshini hisobga oling. Haddan tashqari qiyin savollar bolaga aks ta'sir qilishi, qiziqishi yo'qolishi mumkin.

@IbnuYusuf — ota-onalar va bolalar kanali