Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar! Sizlarga ulashmoqchi bo | Yetuklikka_Intilish

Assalomu alaykum hurmatli obunachilar!
Sizlarga ulashmoqchi boʻlgan videolavhadan hayratda qoldim.
Bu videoni koʻrib bir voqea esimga tushib ketdi. Oʻsha voqeani sizlar bilan boʻlishmoqchiman.

Bir kuni ota va bola oʻtirgan ekan. Ota manzaradan bahra olmoqda, farzand esa telefon bilan chalgʻimoqda.

- Ota soʻradi: Bolam ana u nima ?
- Farzand dedi: Bu qush.
- Ota soʻradi: Bolam ana u nima ?
- Farzand dedi: Bu qush dada. deb zarda qilib.
- Ota yana soʻradi: Bolam bu nima ?
- Farzand dedi: Nechi marotaba aytay qush bu dada qush. Jonimga tegib ketdizku.

- Ota dedi: Bolam mana buni oʻqi. Deb qoʻliga bir daftar tutqazdi.

Daftarda shunday yozilgan.

- Bir kuni bolam bilan oʻtirgandim. Bolam mendan soʻradi

- Farzand soʻradi: Dada bu nima ?
- Ota dedi: Bu qush bolam.
- Farzand yana soʻradi: Dada bu nima ?
- Ota yana dedi: Bu qush bolam.
- Farzand yana soʻradi: Dada bu nima ?
- Ota yana dedi: Bu qush bolam.

Bolam " Bu nima dada " deb mendan 40 marta soʻradi. Men ham 40 marta " Bu qush bolam " deb javob berdim. Oʻshanda Farzandim koʻzidagi quvonchni koʻrib xursand boʻldim.

Azizlar, Ota-onamizga har doim gʻamxoʻrlik qilaylik.
Zero, ular bizning jannat kalitimizdir.

Eʼtiboringiz uchun rahmat

https://t.me/httpJONPOLAT6164