Get Mystery Box with random crypto!

#Innovatsion_fikrlashni_rivojlantirish Innovatsion fikrlash | < 𝐓𝐨'𝐫𝐚𝐪𝐮𝐥𝐨𝐟𝐟 >

#Innovatsion_fikrlashni_rivojlantirish

Innovatsion fikrlashni rivojlantirish uchun turli xil odamlar bilan suhbatlashing.

Turli yoshdagi, geografik joylashuvi har xil, turli ma'lumot va kasbdagi odamlar bilan muloqot qilishga harakat qiling. Ulardan maslahat va ekspert fikrini so'rang, shaxsan uchrashing, hamkorlik qiling, birgalikda ijod qiling. Bu sizga yangi yechimlar va g’oyalar kelishini ta’minlaydi.

Har qanday yangi bilim va innovatsiyalarning birinchi manbai bu avallo insondir.

Kitoblarda va ommaviy axborot vositalarida ular yillar o'tib nimadir haqida gapirishlari mumkin, ammo odamlar bilan muloqot qilish orqali siz eng yangi ma'lumotlarni o'rganasiz, birinchi og'izdan g'oyalar olasiz.

Turli sohalarda qimmatli fikr va tajribaga ega bo'lgan tanishlar va do'stlarning keng tarmog'ini saqlab qolish, sizga odatiy narsalarga innovatsion yondashish imkoniyatini ochib berishi mumkin.

https://t.me/QarDuIqtidorlitalabalar