Get Mystery Box with random crypto!

Personalni boshqarish departamenti MKBANK Bosh ofisi xodimlari | HR MKBANK

Personalni boshqarish departamenti MKBANK Bosh ofisi xodimlari uchun rotatsiya dasturi boshlanganini e'lon qiladi.

Agar Siz:
Kasbiy rivojlanish va o‘sishni istasangiz;
Bankning turli sohalarda malakangizni oshirishni xohlasangiz;
Professional kadr sifatida rivojlanishingizga yordam beradigan yangi tajriba orttirish istagida bo‘lsangiz
Sizlarni ushbu dasturda faol ishtirok etishga taklif qilamiz

Dasturda ishtirok etishdan maqsad?
Kelgusi yil davomida Siz Bosh ofisning turli bo‘limlarida ishlash, hamkasblar bilan tajriba almashish, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bilimlaringizni kengaytirish, bo‘limingizga yangi tajriba, bilim va istiqbolli loyihalar bilan qaytish imkoniga ega bo‘lasiz.

Ishtirok etish shartlari:
Bosh ofis bo‘linmalaridan birida, bosh mutaxassis yoki bo‘lim boshlig‘i lavozimida kamida 1 yil ishlagan xodimlar ishtirok etishlari mumkin.

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi arizani to‘ldirishingiz kerak.
Barcha savollar boʻyicha 1022 raqamiga murojaat qiling.
Abdullayeva N
Uchqunova D