Get Mystery Box with random crypto!

Yana bir ajoyib izoh: Assalomu alaykum. Tilshunos oʻquvching | Hoshimov Iqtisodiyoti

Yana bir ajoyib izoh:

Assalomu alaykum. Tilshunos oʻquvchingizning fikriga qoʻshimcha. Bizda boshlangʻich sinflarda ona tili alohida, oʻqish alohida oʻqitilar edi. Ona tilida tilshunoslik qoidalari oʻqitilar, oʻqishda asosiy eʼtibor oʻqish texnikasi (harf tanish, oʻqish tezligi va h.z.) edi. Yuqori sinflarda ham ona tilida asosiy eʼtibor tilshunoslik edi. Yangi chiqqan boshlangʻich sinflar uchun "Ona tili va oʻqish savodxonligi", yuqori sinflar uchun "Ona tili" darsliklarida matnni tahlil qilish, asosiy tezis va bu tezis uchun dalillarni (supportive arguments) ajratish, oʻzi ham biror bir tezisni asoslovchi matnlar yaratishga (oldingiday badiiy boʻyogʻi kuchli, lekin maʼno yoʻq insholardan farqli) eʼtibor qaratilgan. Lekin ana endi ona tili oʻqituvchilari dod-voy koʻtarmoqda, "bu darsliklar boʻlmaydi" deb. Chunki: 1. Matnni tushunish nima, unga qanday oʻrgatiladi, bilmaydi. 2. Tilshunoslik qoidalarini oʻrgatish osonroq. Eʼtibor bering, IELTS kabi imtihonlarga tayyorlanadigan oʻquvchilar ozmi koʻpmi asosiy tezisni ajratishni biladi, chunki imtihonda bu narsa tekshiriladi. Bizda esa ona tili imtihonlarida tilshunoslik qoidalari va badiiy boʻyogʻi kuchli, oldi qochdi insholar yozish qobiliyati tekshiriladi.