Get Mystery Box with random crypto!

Technovation Girls yangi mavsum ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tec | HoPe Marketing

Technovation Girls yangi mavsum ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Technovation Girls Uzbekistan ayol va qizlarimizning zamonaviy kasblarda taʼlim olishlari IT sohasida kuchli kadrlar bo‘lib borishlari va g‘oyalar ustida ishlashlari hamda ayol va qizlarimizni zamonaviy sohalarda qo‘llab quvvatlashda o‘z hissasini qo‘shishda qadam bosmoqda.

24 yanvar kuni ISMA universitetida tanlovning mintaqaviy bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda avvalgi mavsum muvaffaqiyatli ishtirokchilari va loyiha tashkilotchilari so‘zga chiqib, tanlov haqida maʼlumot berib o‘tdilar.

Ushbu loyiha ochilishida IT Park Farg‘ona filiali rahbari B.Djalilov va startap menejer I.Boltaboyev ham ishtirok etishdi va loyihani ishtirokchilariga kelgusida yaqindan yordam berish hamda no-code platformalar orqali mobil ilovalarni ishlab chiqishni o‘rgatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tadbirda ishtirokchilar, mentorlar va ambassadorlar o‘z tajribalari bilan almashadilar hamda joriy mavsumdagi rejalar haqida so‘zlab berdilar.

Telegram | Instagram | Facebook