Get Mystery Box with random crypto!

Emizikli chaqalogʻim ekssudativ diatez kasalligi bilan ogʻriga | Homiladorlik Onalik Ginekologiya

Emizikli chaqalogʻim ekssudativ diatez kasalligi bilan ogʻrigandi. Hozir sogʻaygan boʻlsa-da, ayrim taomlarni iste’mol qilganimda uning badanida qizgʻish dogʻlar paydo boʻladi. Goʻdakda diatez qaytalamasligi uchun qanday ovqatlangan ma’qul?

— Goʻdakning asosiy taomi koʻkrak suti bolgani uchun avvalo oʻzingiz allergiya chaqiruvchi mahsulotlar — parranda, ot, qoʻy, baliq goʻshtlari, mosh, yongʻoq, mayiz, kakaoli va sitrusli ozuqalar, sabzi, pomidor, qulupnay kabilarni iste’mol qilmang. Ovqatga faqat mol goʻshti ishlating. Suvda qaynatilgan tuxumni esa bir haftada bir marta iste’mol qilishingiz mumkin. Sut kamroq ichgan ma’qul.

Ekssudativ diatez bilan ogʻrigan farzandingizga sharbatlarni juda ehtiyotkorlik bilan, bir necha tomchidan bering. Har bir sharbat goʻdagingizda qanday tasir qilayotganini diqqat bilan kuzatib boring.

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya