Get Mystery Box with random crypto!

​​Homiladorlik haqida 5 afsona va haqiqat Oliy toifali shifok | Homiladorlik Onalik Ginekologiya

​​Homiladorlik haqida 5 afsona va haqiqat

Oliy toifali shifokor, akusher-ginekolog Nafisa SULTONOVA:

1-afsona: “Ikki kishi uchun ovqatlanish”
Rad etolmaymiz. Ammo ikki kishi uchun ovqatlanish – har doimgidan ikki barobar kop eyish, degani emas. Ikki kishi uchun foydali, yani vitaminlarga boy taomlardan tanovvul qilishning ozi kifoya. Haddan ziyod ovqatlanish natijasida homila kattalashib, tugruq jarayoni qiyin kechishi mumkin.

2-afsona: “Jinsiy yaqinlik taqiqlangan”
Yolgon! Bazi erkaklar bolaga zarar etkazib qoymay, deb hatto homilador rafiqasining yonida uxlashga ham qorqadi. Agar homiladorlik davri soglom kechayotgan bolsa, hech qanday taqiqlar yoq. Ehtiyotkorroq bolsangiz, bas.

3-afsona: “Soch qirqish va boyash mumkin emas”
Yolgon! Bu har kimning oz xohishi. Biroq homiladorlik davrida soch boyogidan foydalanish zarar keltirishi, yani allergiya berishi mumkin. Shuning uchun ham soch boyashni keyinroqqa qoldirgan maqul.

4-afsona: “Bor eyish mumkin”
Yolgon! Homiladorlik davrida ayolning noodatiy eguliklar eyishi har doim ham maqullanavermaydi. Masalan, qishda qulupnay, yozda dovuchcha eyish istagi – bu soglom ayolning talabi bolsa, bankalab shor bodring eyish — past qon bosimi, kilogrammlab olma eyish — qamqonlik, bor eyish — kalsiy etishmasligidan darak beradi. Bu holatlarda davolanish kerak.

5-afsona: “UTT mumkin emas”
Yolgon! hanuzgacha UTTning homilaga salbiy oqibatlari isbotlanmagan. Lekin zarari yo`q ekan, deb har hafta UTTga tushish ham yaramaydi. Yaxshisi, shifokor tavsiyasi bilan UTTga boring.

@Homiladorlik_Onalik_Ginekalogiya