Get Mystery Box with random crypto!

Chaqaloqlarda qorni dam bo'lishi sabablari qaysilar? Havoni y | Lalu - Homiladorlik maktabi

Chaqaloqlarda qorni dam bo'lishi sabablari qaysilar?

Havoni yutish (Aerofagiya)
Chaqaloqlarga ko'krak noto'g'ri tutilsa yoki emizilsa, shisha so'rg'ichdan suyuqlik ichayotganda ular havoni yutib yuboradi. Bolalar ko'p gapirishga harakat qilayotganda ham havoni yutib yuborishlari mumkin.

Haddan tashqari ko'p yig'lash
Chaqaloqlar yig'layotganda ham havoni yutib yuborishadi. Agar gaz paydo bo'lishiga farzandingizning yig'lashi sabab bo'lsa, bola tinchlangandan so'ng yana hammasi o'z o'rniga tushib ketadi.

Ovqat hazm qilish muammolari
Chaqaloqlaring ichi qotganda ya'ni ovqat hazm qilishda muammolar bo'lsa bolalar organizmida gaz to'planib qoladi.

Bolalarda hazm qilish traktini to'liq yetilmaganligi
Hazm fermentlarining yetarli bo'lmaganligi hisobiga, to'liq hazm bo'lmagan oziq-ovqat mahsulotlari mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi va gaz paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.

Kanalimiz Lalu - Homiladorlik maktabi

Sayt | Mobil ilova | Instagram | Telegram