Get Mystery Box with random crypto!

SAVOL: Assalom alaykum, homila yoʻldoshining erta yetilishi ha | Homiladorlik davri

SAVOL: Assalom alaykum, homila yoʻldoshining erta yetilishi haqida maʼlumot berib oʻtsangiz, iltimos. Bunda qanday chora koʻrish lozim? Javobingiz uchun rahmat.

JAVOB: Yoʻldosh yetilishining 4 ta darajasi bor. Homiladorlikning 30 hafta muddatgacha 0-daraja. 24-34 haftada 1-daraja, 34-39 haftada 2-daraja va 37 haftadan soʻng 3-daraja boʻladi. Yoʻldoshning erta yetilishini UTTda tashxis qoʻyish mumkin. Yoʻldoshning erta yetilishiga bir qancha sabablar bor. Masalan, chekish va alkogolli ichimliklar ichish, infeksion omillar, avvalgi homiladorlikda abortlar, gestoz, endokrin kasalliklar, koʻp homilalilik va boshqalar. Yoʻldoshning erta yetilishida har doim ham yoʻldosh yetishmovchiligi boʻlmasligi mumkin. Shu sababli tekshiruvlarni yakuniga yetkazish kerak. Yoʻldosh yetishmovchiligi 50-70% hollarda erta tugʻish xavfi, 32% gestoz, 25-45% boshqa kasalliklar bilan birga uchraydi. Homilaga kislorod borishi buzilishi sababli homilaning gipoksiyasi rivojlanishi mumkin. Shu sababli ushbu holatda vrachingizga murojaat eting.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
Instagram sahifamiz