Get Mystery Box with random crypto!

1. Ko'proq suyuqlik iching. Bunda nafaqat oddiy suv balki elek | Homiladorlik davri

1. Ko'proq suyuqlik iching. Bunda nafaqat oddiy suv balki elektrolidlik maxsus suyuqliklar ham asqotadi.

2. Faqat tabiiy matolardan tayyorlangan kiyimda yuring. Paralonlik byustgalter va to'rlik ichki kiyimlar issiq kunda faqat salbiy ta'sir ko'rsatadi, xolos.

3. Quyosh nurlaridan nari bo'ling. Homilador ayollar teri quyosh nurlariga yanada ta'sirchan bo'ladi.

4. Kunning issiq paytida tashqariga chiqmagan ma'qul.

5. Issiq kunda homilador ayolga ko'roq dam olish tavsiya etiladi. Issiqlik organizmni holsizlantiradi, demakki, homilani ko'tarish uchun kuch yig'ish talab etiladi. Oyoqlarni ko'tarib, kunida kamida 2 soat dam olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

6. Kechki payt salqin tushganda, albatta, tashqarida sayr qilib keling. Homilador ayolning toza havoga bo'lgan ehtiyoji yanada katta bo'ladi.

7. Ich keltiradigan dori vositalarini qabul qilmang. Bunday vositalar organizm suvsizlanishini kuchaytirib yuboradi.

8. Shifokor bilan maslahatlashgan holda, kuniga kamida 1 marta salqin dushda chayinib chiqing.

9. Doim yoningizda 200 gramm ichimlik suvini olib yuring va tez-tez ichib turing.

10. Jismoniy kuch talab etadigan ish faoliyatidan yoz kunlari voz keching. Uy ko'tarish, o'gir ish, oshxonada bo'lishni uzoq vaqt talab etadigan faoliyatlarni issiq kunda amalga oshirmang.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi
Instagram sahifamiz