Get Mystery Box with random crypto!

Bachadon tonusi bu alohida bir kasallik bo'lmay, u homila tush | Homiladorlik davri

Bachadon tonusi bu alohida bir kasallik bo'lmay, u homila tushishi havfi borligidan dalolat beruvchi alomatdir.

Bachadon tonusining darajasi turlicha bo'lib, ba'zida u beziyon kechishi mumkin bo'lsa, ba'zida homila tushishiga yoki bolaning muddatidan oldin tug'ilishiga olib kelishi mumkin.

Bachadon tonusi alomatlari:
Bachadon tonusi homiladorlikning dastlabki oylarida qorin pastki qismidagi tortuvchi og'riqlar, bel og'riqlarida namoyon bo'lishi mumkin. Bu og'riqlar ayolda hayz kelishidan oldin bo'ladigan og'riqlarini eslatadi.
Homiladorlikning oxirgi oylarida bachadonning toshdek qattiq bo'lib qolishi, ba'zida belning tortib og'rishi bachadon tonusda ekanligidan dalolat berishi mumkin.

Bachadon tonusi sababi:
- genetik;
- endokrin;
- immunologik;
- bachadon tuzilishidagi patologiyalar;
- endometrioz;
- asab kasalliklari.

Bachadon tonusini ginekolog ko'rik davomida aniqlashi mumkin. Agar ayolning o'zi bachadon zo'riqishini sezayotgan bo'lsa, vrachga murojaat qilishi zarur.

Bachadon tonusini davolash:
Homiladorlik kechishi, ayolning umumiy salomatligi, homila rivojlanishiga qarab bachadon tonusini davolashga har xil yondashiladi.
Ba'zi ayollarga dam olish, toza havoda ko'p vaqt o'tkazish tavsiya etilsa, ba'zilarga dori vositalari belgilanadi.
Tonusning o'tkir shakllari (gipertonus)da shifoxonaga yotish talab etiladi.
Chunki gipertonus homila tushihi, homiladorlik muddatidan oldinroq yakunlanishi yoki homilaga kislorod yetishmasligiga olib kelishi mumkin.
Qanday muolaja qilinishidan qat'iy nazar bachadoni tonusda bo'lgan homilador ayol asabiylashishmasligi, og'ir narsa ko'tarmasligi, o'zini zo'riqtirmasligi, ko'proq dam olishi va toza havoda vaqt o'tkazishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

@Yosh_onalarga_maslahatlar
@Marhabo_Karimova_sherlari
@Homiladorlik_davri
@Ogilmi_qizmi