Get Mystery Box with random crypto!

«Hokim Akademiyasi»ning maktablarga tashrifi boshlandi. Hok | Hokim akademiyasi

«Hokim Akademiyasi»ning maktablarga tashrifi boshlandi.

Hokim Akademiyasi platformasi jamoasi Andijon viloyati, Andijon shahrining 11, 31 va 37-umumta'lim maktablarida platformaga a'zo o'quvchilar bilan uchrashuvda  bo'ldi.

Tashrif maqsadi platforma imkoniyatlari haqida chuqurroq tushuncha berish, o'quvchilar bilimi savol-javoblar orqali sinash, ularning o'zlashtirish jarayonini monitoring qilishdan iborat.

Tadbir yakunida platformadan foydalish istagini bildirgan o'quvchilarni ro'yxatga olish jarayoni tashkillashtirildi.

Bundan tashqari, yoshlar orasida IT ni rovlantirish, kelajak kasblariga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida shu sohada faoliyat olib borayotgan frilanserlar bilan uchrashuvlar ham tashkil etildi.

Bunday tashriflar viloyatimizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook
| Twitter | YouTube | Mobil ilova